TOJIKISTON TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV

13.01.2019 11:53

2019-yilning 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Samarqand shahriga Afg‘oniston ishtirokidagi “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi vazirlar uchrashuviga kelgan Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda 2018-yildagi oily darajadagi o‘zaro tashriflar ikki tomonlama strategik hamkorlik munosabatlarida yangi sahifa ochgani qayd etildi.

Vazirlar 2019-yilda bo‘ladigan qo‘shma tadbirlar, jumladan parlament, hukumat va boshqa darajalardagi uchrashuvlar jadvali va kun tartibi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘zaro savdo aloqalarining kengayishiga muhim ahamiyat qaratishi qayd etildi. O‘zaro savdo o‘tgan yilning 11 oyi mobaynida 2017-yilning shu vaqtiga nisbatan 62%ga o‘sdi.

Shu nuqtayi nazardan ikki tomonlama savdo aylanmasini yanada oshirish, o‘zaro tovarlar yetkazib berish nomenklaturasini kengaytirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Vazirlar Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahatlashuv uchrashuvida Tojikiston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Suhbatda ikki davlat fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tashrif uchun chegaralarning ochilishi O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari tomonidan qizg‘in qarshi olingani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro siyosatning boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Muzokaralarda Tojikiston Elchisi Sodiq Imomiy ishtirok etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net