HINDISTONDAGI SHIFOXONALARDA DAVOLANAYOTGAN VATANDOSHLARIMIZ HAM SAYLOVDA OVOZ BERDI

22.12.2019 14:05

DEHLI, 22 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 15-saylov uchastkasida ovoz berish davom etmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Ma’lumki, Hindistonda vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarimiz orasida turli kasalxonalarga davolanish uchun kelganlar ham bor. Ular uzrli sababga ko‘ra saylov uchastkasiga kelolmagani bois, elchixona saylov komissiyasi a’zolari mazkur fuqarolarimiz davolanayotgan shifoxonalarga borib, ularning saylovda qatnashishi uchun imkoniyat yaratdi.

 

- Elchixonamiz xodimlarining sa’y-harakati bilan uzoq hind diyorida o‘zimni konstitutsion huquqimdan foydalanishga erishganimdan mamnunman, - deydi Bashorat Komilova. Diplomatiya vakolatxonamiz vakillari parlament sayloviga tayyorgarlik davomida vaqtincha va uzoq muddatli safarda bo‘lgan yurtdoshlarimizga bu yilgi yangi tartibdagi saylovlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Saylovda ishtirok etayotgan yurtdoshlarimizga barcha shart-sharoitlar yaratildi. Chet elda O‘zbekistonning kelajagi uchun saylovda qatnashganimdan juda xursandman.

- O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganimdan faxrlanaman, - deydi Gulnoza Ne’matova. - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat, shahar va tuman kengashlari deputatligiga saylovlar davom etmoqda. Biz xorijda bo‘la turib parlament deputatlarini erkin saylash imkoniyatiga ega bo‘ldik. Barcha yaratilgan sharoit uchun Presidentimizga minnatdorlik bildiramiz.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net