GANA ELCHISI BILAN UCHRASHUV

25.06.2019 10:44

2019-yilning 25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Gana Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Tehron shahrida) Sayuti Yahaya Iddini qabul qildi.

 

 

Ishonch yorliqlarini qabul qila turib, Vazir Elchini O‘zbekistonga tayinlanganligi bilan tabrikladi va unga samarali faoliyat ko‘rsatishini tiladi.

 Suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi munosabatlarning hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

 2018-yil dekabr oyida BMT Bosh assambleyasining maxsus “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasini qabul qilish doirasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik mamnuniyat bilan e’tirof etildi. O‘zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan hujjatni Gana nafaqat qo‘llab-quvvatladi, balki unga hammualliflik qildi.

 Uchrashuvda O‘zbekiston-Gana aloqalarini faollashtirish va xalqaro tashkilotlar, avvalo BMT doirasida hamkorlik qilish amaliyotini davom ettirishga qiziqishning mavjudligi tasdiqlandi.

 

Anvar Ilyosov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net