FUQAROLARNING O?ZINI O?ZI BOSHQARISH ORGANLARINING O?ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI VA MAHALLIY KENGASHLARGA 2019 YIL 22 DEKABRDA BO?LIB O?TGAN SAYLOVLARNI KUZATISH NATIJALARI BO?YICHA YAKUNIY AXBOROTI

08.01.2020 11:01

Saylov mamlakatning demokratik taraqqiyotini belgilashda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, xalq farovonligini yuksaltirishda va davlatning xalqaro nufuzini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Saylovlar orqali mamlakatimiz parlamenti, mahalliy kengashlar yangilanadi.

 

Saylovlarning yangicha o‘tganligini, birinchidan, fuqarolarning siyosiy-huquqiy ongi va madaniyati yuksalib borayotganligi, ikkinchidan, siyosiy partiyalarning saylovoldi platformalari rang-baranglik kasb etib, jamiyat va davlat hayotidagi muhim muammolarni yechishga qaratilayotgani, uchinchidan, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining saylov jarayonlarining barcha bosqichlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etganligi, to‘rtinchidan, ommaviy axborot vositalarining tom ma'nodagi “to‘rtinchi hokimiyat” sifatidagi o‘z o‘rnini egallayotgani, eng muhimi, mamlakatimizda barcha sohalar rivojida ochiqlik, oshqoralik tamoyillariga katta e'tibor qaratilayotgani bilan bevosita bog‘liqdir.

 

Saylovlarga tayyorgarlik jamiyatni demokratlashtirish jarayonlari tobora kengayib, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi yuksalayotgan, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlarining roli oshib borayotgan, shuningdek, mamlakatimizning saylov tizimini modernizasiya qilish ishlari jadallashgan sharoitda amalga oshirildi.

 

I. FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARINING SAYLOVLARDAGI ISHTIROKI

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga 2019 yil 22 dekabr' kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda hamda 2020 yil 5 yanvarda o‘tkazilgan takroriy ovoz berishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari ham faol ishtirok etishdi.

 

Fuqarolar yig‘ini nodavlat notijorat jamoatchilik tashkiloti sifatida adliya boshqarmalaridan ro‘yxatdan o‘tib, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni asosida mustaqil faoliyat yuritadi. Ulardan kuzatuvchilarning tayinlanishi partiyalardan tayinlangan kuzatuvchilardan tubdan farq qilib, saylovlarni qonun asosida o‘tishini xolis kuzatib borishi uchun keng imkoniyat yaratdi.

 

O‘tkazilgan saylovlarda fuqarolar yig‘inlari vakillarining kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi – mamlakatimizda saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarida ochiqlik va oshkoralikni ta'minlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etdi.

 

2019 yil 25 iyun' kuni davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan Saylov kodeksida fuqarolik jamiyatining eng muhim instituti – mahallaning saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq quyidagi tashkiliy-huquqiy kafolatlari mustahkamlandi:

 

Birinchidan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kuzatuvchilari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha barcha tadbirlarda, shuningdek, saylov kuni va ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

 

Ikkinchidan, xalq deputatlari tuman, shahar kengashlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalarining a'zolari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadigan bo‘ldi.

 

Uchinchidan, uchastka saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari majlislarida muhokama qilindi va tegishli okrug saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlashga tavsiya etilishi belgilandi.

 

Mahalla instituti uchastka saylov komissiyalari, okrug saylov komissiyalarini tuzish va ularning faoliyatini kuzatuvchi sifatida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolarning ushbu institut orqali saylov jarayonlari ustidan bevosita jamoatchilik nazoratini o‘rnatish huquqlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

 

“Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar” shiori ostida o‘tgan saylovlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, davlatimiz rivojlanishidagi muhim strategik taraqqiyotning dasturiy vazifalarini amalga oshirishda muhim ahamiyatga egadir.

 

Avvalo, mahallalardan belgilangan kuzatuvchilar faoliyatini samarali tashkil etish, ularga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida Respublika mahallalar kengashi va hududiy kengashlarda ishchi guruhlari tashkil etildi.

 

Jumladan, Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi boshqaruvi tomonidan Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda zarur qo‘llanmalar – Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar hamda Fuqarolar yig‘inlaridan kuzatuvchilarga eslatma ishlab chiqildi va har biri 10 ming nusxadan chop etilib, barcha mahallalarga yetkazildi.

 

Barcha tumanlar va shaharlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida kuzatuvchilar faoliyati masalalariga bag‘ishlangan seminarlar, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

 

Markaziy saylov komissiyasining tashabbusi bilan aholining saylovlar jarayonidagi faolligini oshirish maqsadida 20 oktyabrdan

 

20 noyabrgacha o‘tkazilgan saylov qonunchiligi targ‘ibоti oyligida mamlakatimizdagi mahallalarda jami 63 mingdan ortiq tadbir tashkil etildi. Ularda Markaziy saylov komissiyasining yetakchi mutaxassislari, saylov qonunchiligi va amaliyoti bo‘yicha yetakchi olimlar va ekspertlar ishtirok etdi.

 

Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda saylovni tashkil etish

 

va o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tuzilib, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish, saylov uchastkalari uchun binolar ajratish va ularni jihozlashga ko‘maklashish, deputatlikka nomzodlarning aholi bilan saylovoldi uchrashuvlarini o‘tkazishga yordam berish kabi chora-tadbirlar amalga oshirildi.

 

Saylovchilar ro‘yxatini shakllantirishda betobligi sababli, saylov uchastkasiga bora olmaydigan fuqarolarning uylariga borib ovoz berishlarini tashkil etish, nogiron shaxslarni saylov uchastkasida ovoz berishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilganligi, bundan tashqari uzrli sabablarga ko‘ra saylov kunidan oldin ovoz bergan fuqarolarning ham ovoz berish jarayonlarini kuzatib bordilar.

 

Ana shunday tizimli ishlar samarasida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, Saylov kodeksiga, Markaziy saylov komissiyasining qarorlariga amal qilgan holda olib bordilar. Bu saylov kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida saylov qonunchiligiga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda shaffoflikni, adolatni ta'minlashga xizmat qildi.

 

Saylovni o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari tarkibiga respublikada faoliyat yuritayotgan 9 116 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridan fuqarolar yig‘inlarining jami 3 714 nafar xodimlari belgilangan tartibda jalb etilganini alohida ta'kidlash joiz.

 

Shuningdek, 844 nafar fuqarolar yig‘inlari xodimlari uchastka saylov komissiyasi raisligiga, 5 689 nafar tizim xodimlari esa uchastka saylov komissiyalari a'zoligiga belgilangan tartibda tasdiqlanib, ular tomonidan saylovlarni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli barcha chora-tadbirlar amalga oshirildi.

 

Bundan tashqari, 10 260 saylov uchastkasining 406 tasi fuqarolar yig‘inlari binolarida joylashtirildi.

 

Respublikamizdagi 9 116 mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan 10 260 saylov uchastkasining barchasiga kuzatuvchilar biriktirilib, belgilangan tartibda ularga kuzatuvchilik mandatlari berildi.

 

Kuzatuvchining 1 068 nafari mahalla raislari, 4 061 nafari mahalla raislarining o‘rinbosarlari, 3 515 nafari rais maslahatchilari, 1 501 nafari mas'ul kotiblardir.

 

Mamlakatimizda gender tengligi va bag‘rikengligini ta'minlash, xotin-qizlarning davlat va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini, saylov huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish, jamiyat hayotidagi faolligi va mavqeini yanada yuksaltirish maqsadida mahallalar tomonidan kuzatuvchilikka nomzodlarni tavsiya etish jarayonlarida ijtimoiy faol xotin-qizlarga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, mandat olgan kuzatuvchilarning 2 453 nafarini xotin-qizlarni tashkil etdi.

 

Barcha tumanlar va shaharlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar uchun seminarlar va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

 

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarida ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, kuzatuvchilar faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Respublika mahallalar kengashida 28 kishidan iborat Shtab tashkil etildi. Bularning 14 nafari bevosita hududlarga biriktirilib, joylarga chiqib, saylov jarayonlarini kuzatib bordi va u yerdagi kuzatuvchilarning axborotlarini muvofiqlashtirib bordi.

 

Mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillaridan iborat kuzatuvchilar tomonidan uchastka saylov komissiyalarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish

 

va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlarida ishtirok etdilar. Jumladan, uchastka saylov komissiyasini jihozlash, saylovchilarning ro‘yxatiga uyma-uy yurish orqali aniqlik kiritish, nomzodlarning saylovoldi tashviqot tadbirlarida qatnashish, saylov kuni ovoz berish jarayonini bevosita kuzatish, ovoz berish natijalarini hisoblash jarayonlarida hamda saylov natijalariga oid yakuniy bayonnomani tasdiqlash, e'lon qilish va hokazo.

 

2020 yil 5 yanvar' kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga o‘tkazilgan 25 ta saylov okruglarining 1 730 ta saylov uchastkalarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi 95 ta saylov okruglarining 1 104 ta saylov uchastkalarida, tuman va shahar kengashlariga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi 590 ta saylov okruglarining 1120 ta saylov uchastkalarida o‘tkazilgan takroriy ovoz berishda qonunlarga rioya etilishi, saylovlarning demokratik tarzda o‘tkazilishini ta'minlash bo‘yicha mahalla kuzatuvchilarining to‘liq ishtiroki ta'minlandi.

 

Takroriy ovoz berish jarayonlarida ham qonun talablari asosida shaffof o‘tkazilganligi qayd etildi va fuqarolar o‘zlariga ma'qul deb topgan nomzodlarga ovoz berdilar.

 

Saylov natijalariga ko‘ra fuqarolar yig‘ini xodimlaridan 33 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Toshkent shahar va viloyatlar kengashlariga, 505 nafari tuman (shahar) kengashlariga jami 538 nafar kishi deputatlikka saylandi. Bu ko‘rsatkichlar mahalla faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning tegishli kengashlarga olib chiqilishiga va adolatli hal etilishida muhim rol o‘ynaydi.

 

II. SAYLOVGA OID QONUN HUJJATLARI

 

O‘zbekiston Respublikasida Saylov kodeksining qabul qilinishi saylovlarni o‘tkazishda katta qulayliklar yaratdi. Bunga qadar bir nechta qonunlar mavjud bo‘lib ya'ni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovi to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”, “Fuqarolarning saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlari qayta ko‘rib chiqilib, yagona kodeksga yaxlitlashtirildi.

 

Endilikda saylov bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarning Saylov kodeksi orqali yechimini topish imkoniyati yaratildi.

 

Mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish va huquqiy demokratik davlat barpo etish bo‘yicha belgilangan vazifalar amalga oshirilishini ta'minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish hamda saylov jarayonlarini yanada demokratlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, saylov kampaniyasi oldidan, Respublika mahallalar kengashi, Markaziy saylov komissiyasi, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi o‘rtasida saylovlar jarayonida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

 

O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, Saylov kodeksi, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi kabi qonunlari talablari asosida tuzilgan ushbu Memorandum qoidalarini hayotga to‘la tadbiq etish maqsadida keng ko‘lamli va izchil ishlar amalga oshirildi.

 

Markaziy saylov komissiyasining joriy yilning 5 oktyabrda “Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 951-sonli qaroriga asosan respublikamizda birinchi maratoba fuqarolar yig‘inidan kuzatuvchilar tayinlanishi belgilandi. Endilikda kuzatuvchilar mahalla raisi, uning mas'ul kotibi yoki jamoatchilik asosida fuqarolar yig‘inidan faoliyat yuritayotgan shaxslar tuman (shahar) kengashlarining taqdimnomasiga asosan okrug komissiyalari tomonidan beriladigan mandatlar asosida tayinlanib faoliyat yuritadigan bo‘ldi.

 

III. XORIJDA TASHKIL ETILGAN SAYLOV UCHASTKALARIDAGI KUZATUV JARAYONLARI

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga asosan fuqarolarimizning huquqlarini va majburiyatlarini ta'minlash maqsadida xorijiy davlatlarda 55 ta saylov uchastkalari tashkil etildi.

 

Shunga ko‘ra bu tartib hayotga birinchi marotaba tadbiq etilayotganligini inobatga olib, Rossiya Federatsiyasiga 8 nafar, Qozog‘iston Respublikasiga 3 nafar jami 11 nafar kuzatuvchilar Toshkent shahridan yuborildi.

 

Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk, Rostov-Don, Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Moskva va Sankt-Peturburg shaharlarida, Qozog‘iston Respublikasining Nur-sulton, Olma-ota va Oqtau shaharlarida o‘tkazilgan saylov jarayonlarida qatnashib qaytishdi. Ulardan olingan hisobоtlarga ko‘ra, xorijdagi mahalla kuzatuvchilari ishtirok etgan saylov uchastkalarida saylovlar to‘liq qonun talablari asosida shaffof va demokratik tarzda o‘tkazilganligi ma'lum qilindi.

 

Xorijda o‘tkazilgan saylov jarayonlarida O‘zbekiston fuqarolarlari saylovlarda ishtirok etib birinchi maratoba xorijdagi saylovlarda ishtirok etayotganliklarini, siyosiy jarayonlarda xorijdagi fuqarolarning ham e'tiborga olinganliklarini, o‘tkazilgan saylovlardan rozi ekanliklarini va o‘zlari ma'qul deb topgan nomzodlarga ovoz berganliklarini ma'lum qilishgan.

 

Shu bilan birgalikda xorijda saylov jarayonida ishtirok etgan saylovchilar nima uchun men respublikaning boshqa hududida yashayotgan bo‘lsamda Toshkent shahridan ko‘rsatilgan nomzodlarga ovoz beraman degan mulohazalarga ham duch kelishgan. Bu masalaga joyida oydinlik kiritilib, uchastka saylov komissiyalari a'zolari tomonidan qonun doiraisda tushuntirishlar berildi.

 

V. ANIQLANGAN KAMCHILIKLAR, MUAMMOLAR VA KO‘RILGAN CHORALAR

 

Fuqarolar yig‘inidan tayinlangan kuzatuvchilarning oldidagi asosiy vazifalar saylov jarayonining qonuniy o‘tishini, ya'ni saylov uchastkalarining ochilishi va yopilishi, fuqarolarning to‘g‘ri ro‘yxatga olinishi, saylov byulletenlarning tarqatilishi, ovoz berish jarayoniga hech kimning aralashmasligi, saylov yakunlari bo‘yicha byulletenlarni sanash jarayonlarini kuzatishdan iborat bo‘lib, o‘tkazilgan saylovda ushbu holatlarning qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlanmadi.

 

Shu bilan birga, ayrim hududlarda saylov jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham aniqlandi.

 

Jumladan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari kuzatuvchilari tomonidan Sirdaryo tumanining Mirzacho‘l tumanidagi

 

327-saylov uchastkasida bir nafar fuqaro bir nechta fuqarolar o‘rniga ovoz berayotgani, Sayxunobod tumanidagi 151-saylov uchastkasida, Guliston tumanidagi 215-saylov uchastkasida hamda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi 599-saylov uchastkasida saylov byulletenlarnining saylovchilarga belgilangan miqdordan ortiqcha berilganligi holatlari bo‘yicha uchastka saylov komissiyasi raisi va a'zolariga darhol ma'lum qilindi va mazkur holatlar tezkorlik bilan bartaraf etildi.

 

Kuzatuvchilarimizning ma'lum qilishlaricha, qonunchilikda “Bir saylovchi – bir ovoz” tamoyili mustahkamlangan bo‘lsa-da, ba'zi saylov uchastkalarida avvalgi saylovlarda uchragan “oilaviy ovoz berish” holatlari kuzatildi.

 

Bundan tashqari, ayrim saylov okruglari va uchastkalarida saylov komissiyalari a'zolariga ovoz berish natijalarini hisoblab chiqish jarayonida mahalliy ijro hokimiyati vakillari tomonidan aralashish bilan bog‘liq faktlar ham uchradi.

 

Bunday kamchiliklarga, asosan, mahalliy kengashlarga saylov o‘tkazuvchi saylov uchastkalarida yo‘l qo‘yilganligini alohida ta'kidlash lozim.

 

Shu bilan birga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda mahalliy kengashlar deputatligiga 2020 yilning 5 yanvar' kuni o‘tkazilgan takroriy ovoz berishda qonun buzilish holatlari qayd etilmadi.

 

V. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI ISHTIROKI

 

Saylovlarning ochiqlik, oshkoralik va transparentlik kabi umume'tirof etilgan demokratik tamoyillarga muvofiq o‘tkazilishida ommaviy axborot vositalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular aholining siyosiy faolligini oshirish, ayniqsa, fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi ishtirokini kengaytirishga faol yordam bermoqda.

 

Fuqarolar yig‘ini tomonidan joylarda o‘tkazilgan barcha tadbirlar ya'ni, mahallalar hududida yashovchi aholi soniga aniqlik kiritish, ularning elektron ro‘yxatlarini shakllantirish, targ‘ibоt-tashviqot ishlarida joylarda sharoitlar yaratib berish, komissiya va okruglarga nomzodlar taqdim etish, kuzatuvchilar nomzodini taqdim etish va tayinlash hamda saylovlarni o‘tkazish jarayonlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borildi.

 

Bunda “Mahalla” gazetasi, “Mahalla” telekanali va “O‘zbekiston 24” kanallaridagi chiqishlarni alohida qayd etib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Xususan, “Mahalla” gazetasi, “Mahalla” telekanali va “O‘zbekiston 24” kanallari hamda radio kanallarda 229 ta materiallar, shuningdek internet va ijtimoiy tarmoqlarda 2226 ta chiqishlar tashkil etildi.

 

Ushbu qayd etilgan ommaviy axborot vositalarida mahalla tizimida yuqoridagi yo‘nalishlarda olib borilgan barcha tadbirlar bir necha muntazam yoritib borildi.

 

Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida tashkil etilgan brifingda Respublika mahallalari kengashi raisi Sh.Javlonov Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga 2019 yil 22 dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarni kuzatish natijalari to‘g‘risida axborot berdi chiqdi.

 

VI. KUZATUV YAKUNLARI BO‘YICHA TAKLIF VA TAVSIYALAR

 

O‘tgan saylovlarning natijalari tahlili saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq muammolarni tanqidiy o‘rganish va hal etish yuzasidan quyidagi taklif va mulohazalarni bildiramiz:

 

Birinchidan, mahalla fuqarolar yig‘inlari faollaridan iborat kuzatuvchilarning saylov qonunchiligi bo‘yicha bilimini va malakasini yanada oshirish maqsadida saylov komissiyalari bilan hamkorlikda tizimli seminar mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish;

 

Ikkinchidan, mahallalarda aholi uchun siyosiy partiyalar nomzodlari bilan uchrashuvlar tashkil etish soni va ko‘lamini ko‘paytirish hamda siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari haqidagi ma'lumotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatlarini oshirish;

 

Uchinchidan, okrug va saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlarni tavsiya etishda shaffoflikni ta'minlashga xizmat qiladigan tartib-qoidalarni ishlab chiqish;

 

To‘rtinchidan, xorijda yashab turgan fuqarolarimizning saylovlarda ovoz berish huquqini yanada kengroq ta'minlash maqsadida kelgusida ular uchun sinov tariqasida elektron ovoz berish imkoniyatini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

 

Bizning fikrimizcha ushbu takliflarimiz, avvalo, mamlakatimiz saylov qonunchiligini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi, shuningdek, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning barcha bosqichlarida mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillarining faol qatnashishini ta'minlaydi. Pirovardida saylov jarayonlarining ochiq-oshkora va shaffofligini kafolatlaydi.

 

Bularning barchasi ishonchimiz komilki, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish, farzandlarimiz kelajagi, Vatanimizning tinchligi va obodligini ta'minlashga xizmat qiladi.

 

 

Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi

 

2020 yil 6 yanvar

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net