FRANSIYANING PARIJ SHAHRIDA O’ZBEKISTON FUQAROLARI UCHUN MUDDATIDAN OLDIN SAYLOV TASHKIL ETILDI

17.12.2019 18:12

PARIJ, 17 dekabr. /«Dunyo» AA/. Muddatidan oldin ovoz berish fuqarolar saylov huquqini ta'minlashning muhim mezoni hisoblanadi. Ma'lumki, saylov qonunchiligiga asosan muddatidan oldin ovoz berish saylovga o’n kun qolganda boshlanadi va uch kun qolganda yakunlanadi. Saylov kuni o’z yashash joyida bo’lmaydigan saylovchi muddatidan oldin ovoz berishi mumkin.

 

O’zbekiston Respublikasining Fransiyaning Parij shahridagi elchixonasi qoshida 36-sonli saylov uchastkasi tashkil etilgan. Mazkur saylov uchastkasi Toshkent shahridagi 140-sonli Darxon saylov okrugiga biriktirilgan. Ushbu saylov uchastkasida Fransiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun muddatidan oldin ovoz berishi uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Ayni paytda xizmat zarurati tufayli Parijda bo’lib turgan bir qator fuqarolarimiz saylov uchastkasiga kelib muddatidan oldin ovoz bermoqda.

 

Saylov huquqiga ega bo’lgan vatandoshimiz Rahmon Ostonov “Dunyo”AA muxbiriga parlament saylovlariga nisbatan o’z mulohazalarini bildirdi:

 

- Men Buxoro shahri, Namozgoh ko’chasida doimiy ravishda istiqomat qilaman. Ayni paytda Fransiyada xizmat safarida bo’lib turibman. Joriy yilning 22 dekabr kuni o’tkaziladigan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda Fransiyada istiqomat qilayotgan barcha vatandoshlarimiz ovoz berishi uchun O’zbekiston Respublikasining Parij shahridagi elchixonasi qoshida 36-sonli saylov uchastkasida barcha shart-sharoit va imkoniyat mavjudligiga amin bo’ldim. Ayni paytda mamlakatimiz kelajagi, yurtimizda amalga oshirilayotgan siyosiy jarayonlarga befarq bo’lmagan holda, muddatidan oldin o’zim munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim. Xorijda yurgan barcha vatandoshlarimizni O’zbekiston parlamenti saylovlarida faol qatnashishga chaqiraman.

 

Muddatidan oldin ovoz bergan saylovchilarning byulletenlari yelimlangan konvertlarda saylov uchastkasi komissiyasining ikki nafar a'zosi tomonidan imzolanib, muhrlanib, saylovchilar imzosi bilan tasdiqlanmoqda.

 

Fransiyada bo’lib turgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari saylovga doir barcha masalalar bo’yicha quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilishlari mumkin:

 

Tel. 01-53-30-03-53, Facebook: <https://www.facebook.com/ouzbekistan.fr>, elektron pochta: contact@ouzbekistan.fr, veb-sayt: ouzbekistan.fr.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net