FRANSIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV

22.08.2019 13:54

ТOSHKENT, 22 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Fransiya Respublikasining mamlakatimizdagi faoliyatini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Violen Biyet de Vilmorni qabul qildi, deb xabar qilmoqda TIV Matbuot xizmati.

 Suhbat chog‘ida Vazir Elchining muvaffaqiyatli faoliyatini yuqori baholadi va uning ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

 Shuningdek, Abdulaziz Komilov Fransiya Elchixonasi va shaxsan Violen Biyet de Vilmorning O‘zbekistondagi muhim ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlaganini qayd etdi.

 O‘z navbatida, Elchi O‘zbekiston rahbariyati va Tashqi ishlar vazirligiga Fransiya diplomatik missiyasi rahbari sifatidagi faoliyatini amalga oshirishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

 Anvar Ilyosov olgan su'rat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net