FINLANDIYA TIV DAVLAT KOTIBI O?RINBOSARI BILAN UCHRASHUV

13.04.2019 15:28

2019-yilning 12-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev mamlakatimizga kelgan Finlandiya ishbilarmonlar doiralari delegatsiyasi rahbari, Finlandiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Davlat kotibi o‘rinbosari Markku Keynenen bilan uchrashdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, Toshkent shahrida Finlandiya Faxriy konsulligini tashkil etish davlatlararo aloqalarni tizimli tus olishiga va ikki davlat biznes hamjamiyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirishga zamin yaratadi.

Xususan, ilg‘or Finlandiya texnologiyalarini jalb etgan holda AKT, chiqindilarni boshqarish, qurilish mollari sanoatiga uskunalar joriy etish hamda oltin qazib olish sohalarini rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Muloqot chog‘ida 2019-yilning may oyida O‘zbekiston–Finlandiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundini o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqildi.

Tomonlar Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Finlandiya hukumatlararo komissiyasi faoliyatini tiklash zarurligini bayon qilib, mazkur komissiya yangi loyihalarni taklif qilish va amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma ishlarga amaliy tus berishini ta’kidladilar.

Muzokalarda Finlandiya Elchisi Marya Liivala ishtirok etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net