DILSHOD AXATOV O?ZBEKISTON VA QOZOG?ISTONDAGI FRIDRIX EBERT FONDINING MINTAQAVIY DIREKTORI BILAN UCHRASHDI

19.07.2019 10:17

TOSHKENT, 19 iyul. /«Dunyo» AA/. 2019-yilning 19-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov O‘zbekiston va Qozog‘istondagi Fridrix Ebert fondining mintaqaviy direktori Kristof Mor bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

 Suhbat chog‘ida Fondning jamoatchilik, ijtimoiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ishtiroki orqali O‘zbekiston – Germaniya hamkorligi hajmlarini oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

 O‘zbekistonda Fondning ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, demokratlashtirish jarayonlarini va huquqiy davlat qurishni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan sermahsul faoliyati yuqori baholanishi qayd etildi.

 Uchrashuvda demokratik islohotlarni ilgari surishga yordamlashishga yo‘naltirilgan dolzarb loyihalar borasidagi Fondning takliflari ko‘rib chiqildi. Bunda Fondning O‘zbekiston kadrlarini o‘qitish va malakasini oshirishda ishtirok etishi masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net