DILSHOD AXATOV IRLANDIYA HUKUMATINING MAXSUS VAKILI BILAN UCHRASHDI

23.07.2019 10:25

TOSHKENT, 23 iyul. /«Dunyo» AA/. 2019-yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov BMT Xavfsizlik Kengashining Muvaqqat a’zoligiga Irlandiyani saylash uchun mamlakat nomzodini ilgari surish bo‘yicha Hukumatning maxsus vakili Devid Dnohyu bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

 Suhbat davomida ikki tomon kun tartibi hamda mamlakatlarimizning xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorligiga doir keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi.

 Uchrashuvda O‘zbekiston va Irlandiyaning dolzarb xalqaro muammolarning aksariyati bo‘yicha o‘xshash mavqega egaligi hamda tomonlarning fikricha, bu o‘xshashlik o‘zaro manfaat kasb etadigan barcha sohalarda munosabatlarni jadallashtirish uchun yaxshi asos ekanligi ta’kidlandi.

 Muloqot chog‘ida O‘zbekiston – Irlandiya hamkorligini faollashtirish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi. Xususan, muntazam vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishning muhimligi qayd etildi. Mazkur tadbirlar ikki tomon aloqalarining holatini tahlil qilish va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilash, asosiy xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashish imkonini beradi.

 “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi hamkorlikning istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

 Muzokalar doirasida Irlandiya tomoni kelasi yil bahorida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro investitsiya forumiga, joriy yilning avgust oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga hamda sentabr oyida Qo‘qon shahri mezbonlik qiladigan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga taklif qilindi.

 Anvar Ilyosov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net