DEHLI SHAHRIDAGI SAYLOV UCHASTKASIDA OVOZ BERISH BOSHLANDI

22.12.2019 13:56

DEHLI, 22 dekabr. /“Dunyo” AA/. Bugun mahalliy vaqt bilan soat 8.00 da O’zbekistonning Hindistondagi elchixonasi qoshida tashkil etilgan 15-saylov uchastkasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda ovoz berish boshlandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Hindistonda vaqtincha bo’lib turgan, doimiy istiqomat qilayotgan O’zbekiston fuqarolari, o’zbekistonlik talabalar erta tongdan faollik ko’rsatib saylov uchastkasiga kelib, o’zlari yoqlagan nomzodga ovoz bermoqda.

 

141-Temiryo’lchilar okrugiga biriktirilgan 15-saylov uchastkasida saylovchilar uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Saylovda ishtirok etgan vatandoshlarimiz xorijda ovoz berish uchun yaratilgan imkoniyatlar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net