SHAVKAT MIRZIYOEV VA GURBANGULI BERDIMUHAMEDOV TELEFON ORQALI SO?ZLASHDILAR

30.12.2019 11:48

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 dekabr' kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki qardosh mamlakat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar.

Joriy yil noyabr' oyida Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkentda o‘tgan ikkinchi Maslahat uchrashuvining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi munosabatlar mustahkamlangani, eksport-import amaliyotlari hajmining oshgani, energetika, qishloq xo‘jaligi, sanoat va transport sohalarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilayotgani ikki tomonlama hamkorlikning muhim natijalari sifatida e'tirof etildi.

Madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish muhim ekani ta'kidlandi.

Suhbat chog‘ida mintaqaviy hamkorlik va xalqaro siyosatga doir masalalar ham muhokama qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net