QATARDAGI VAZIRLIKLARARO MASLAHATLASHUVLAR TO?G?RISIDA

18.02.2019 14:33

2019-yilning 17-18-fevral kunlari Doxa shahrida O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining shartnoma-huquqiy bazasini kengaytirish va uning inventarizatsiyasi bo‘yicha ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Qatar Davlatining delegatsiyasiga TIVning Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik departamenti direktori Xolid al-Hamar boshchilik qildi.

 Muzokaralar chog‘ida turli jabhalardagi ikki tomonlama hamkorlik huquqiy asoslarining hozirgi holati va uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi, Qatar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” bandlarini amalga oshirishning borishi hamda joriy yilda o‘tkaziladigan uchrashuvlar va tadbirlar tog‘tisida ma’lumot almashildi.

 Maslahatlashuvlar doirasida Qatar vazirlik va idoralari ekspertlari bilan alohida muzokaralar o‘tkazilib, investitsiya, transport, soliq, bojxona, qishloq xo‘jaligi va madaniyat sohalaridagi kelishuvlarning loyihalari muhokama qilindi.

 Xususan, aviatashuvlar va o‘simliklar karantini sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarning loyihalari kelishib olindi.

 Delegatsiyalar, shuningdek, investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish va rag‘batlantirish hamda ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlarning loyihalarini muvofiqlashtirish va imzolashga tayyorlash borasida ham kelishib oldilar.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net