2019-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Abu-Dabi shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) Bosh kotibi Bog‘dod Amreyev bilan uchrashdi.
2019-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Abu-Dabi shahrida Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashdi. S.Svaraj Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 46-sessiyasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etmoqda.
2019-yilning 1-mart kuni Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining (IHT TIVK) 46-sessiyasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayх Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni Bolgariya milliy bayrami – Ozodlik kuni bilan Prezident Rumen Radevni tabrikladi.
2019-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh Konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir chog‘ida diplomatik vakolatxona joylashgan bino oldida mamlakatimiz bayrog‘i ko‘tarildi.
2018-yil 28-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi ish boshladi. Unda hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatimiz hamda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 fevral kuni Dominikan Respublikasi Prezidenti Danilo Medina Sanchesni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
2019-yilning 26-fevral kuni Qozog‘istonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Ostona shahrida qurilayotgan mamlakatimizning bo‘lajak Elchixonasi binolari majmuasini borib ko‘rdi.