ERON TASHQI ISHLAR VAZIRI YORDAMCHISI BILAN UCHRASHUV

14.03.2019 15:20

2019-yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri yordamchisi, Yevrosiyo Bosh boshqarmasi boshlig‘i G‘ulomrezo Boqeriy bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda mintaqadagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda 2019-yilda Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishini hamda tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish jadvali borasidagi takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Mozori-Sharif – Hirot yo‘nalishidagi transafg‘on temir yo‘l liniyasini qurish yuzasidan fikr almashildi.

 

Uchrashuvda Eron Elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy ishtirok etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net