OʻZBEKISTONDA BESHINCHI SIYOSIY PARTIYA RASMAN ROʻYXATGA OLINDI

24.01.2019 14:48

Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar qildi.

Partiya ixtiyoriy ravishda umumiy qarashlar, qiziqish va maqsadlarga ega, mamlakatimiz barqaror taraqqiyoti va ekologik xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni birlashtirishga intilayotgan, atrof-muhit va fuqarolar salomatligi muhofazasi, tabiiy resurslardan unumli foydalanish va ularni asrash bilan bogʻliq faoliyatda masʼuliyat bilan ishtirok etayotgan mamlakatimiz fuqarolarini birlashtiradi.

Yangi partiyaning asosiy maqsadi ekologik xavfsizlikka erishish, tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof-muhitni yaratishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini roʻyobga chiqarishni taʼminlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni muhofaza qilish davlat, jamiyat va har bir fuqaroning vazifasi boʻlishiga erishishga koʻmaklashishga qaratilgan.

Shunga koʻra, xalqaro tajribada odatda “Yashillar partiyasi” deb nomlanuvchi ekologik yoʻnalishdagi Oʻzbekiston Respublikasidagi siyosiy kuch rasman partiya maqomiga ega boʻldi.

Shu munosabat bilan Adliya vazirligida oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston Ekologik partiyasiga davlat roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma taqdim qilindi.

Eslatib oʻtamiz, dunyoda ekologiya yoʻnalishidagi qariyb 100 ga yaqin siyosiy partiya faoliyat yuritadi. Ular vakolatli organlarda oʻz oʻrniga ega boʻlib, parlament orqali ekologiya sohasidagi davlat siyosati gʻoyalarini ilgari suradi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net