Prezident Shavkat Mirziyoyev Muzrabоt tumanidagi «Yangiobod invest servis» xususiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov boshchiligidagi delegatsiya 2019-yil 30-apreldan 2-maygacha Doha shahrida (Qatar) bo‘lib o‘tadigan Osiyoda hamkorlik muloqoti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 16-majlisida ishtirok etadi.
2019-yilning 26-aprel kuni Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov va Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev Namangan viloyati hokimligida TIV rahbariyatining tashqi yig‘ilishini o‘tkazdilar.
2019-yil 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-aprel kuni Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosani Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-aprel kuni Niderlandiya Qiroli Villem-Aleksandrni milliy bayram – Qirol kuni bilan muborakbod etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya 2019-yil 27-28-aprel kunlari Manama shahrida (Bahrayn Podshohligi) bo‘lib o‘tadigan Janubiy Osiyoda xavfsizlik bo‘yicha yuqori darajadagi 5-xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
2019-yilning 25-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alisher Abdualiev Turkiyaning “Yildirim Holding” kompaniyasi biznesni rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Metin Oktay bilan uchrashdi.
2019-yilning 22-26-aprel kunlari Guliston shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.