2019-yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Indoneziya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Sunario Kartadinatuni qabul qildi.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rim-katolik cherkovi rahbari Fransiskni Vatikan milliy bayrami – uning Muqaddas taxtga oʻtirgan kuni munosabati bilan tabrikladi.
2019-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ishtirok etish uchun rasmiy delegatsiya tarkibida Toshkent shahriga kelgan BAA Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Sulton Muhammad ash-Shamisiyni qabul qildi.
2019-yilning 11-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yun Sun Guni qabul qildi.
2019-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasining Jeneva shahridagi Doimiy vakili, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruh rahbari Ji-ah Paik bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
2019-yilning 7-mart kuni Dakka shahridagi “Bangababan” qasrida O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Farhod Arziyev (qarorgohi Dehli shahrida) Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamidga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi.
2019-yilning 7-mart kuni Dakka shahridagi “Bangababan” qasrida O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Farhod Arziyev (qarorgohi Dehli shahrida) Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamidga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi.