BUYUK BRITANIYA TIV RAHBARI O?RINBOSARI BILAN UCHRASHUV

12.07.2019 16:48

2019-yilning 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov London shahrida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alan Dunkan bilan uchrashdi.

 

 

Alan Dunkan samimiy iliqlik va mamnuniyat ila o’zining O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvini qayd etdi.

 Joriy yilning fevral va aprel oylarida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralarning davomi sifatida qo‘shma kun tartibining dolzarb masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston – Britaniya muloqotini faollashtirish yo‘llari batafsil muhokama qilindi.

 Uchrashuvda ko‘p qirrali muloqotni yaxshilash, amaliy sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga o’zaro xohish tasdiqlandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net