BUYUK BRITANIYA PARLAMENTI A’ZOLARI GURUHI BILAN UCHRASHUV TO?G?RISIDA

11.07.2019 17:27

2019-yilning 10-iyul kuni OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiyada ishtirok etish uchun London shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya Parlamenti a’zolari guruhi bilan uchrashdi.

 

 

Uchrashuvda O‘zbekiston bo‘yicha Butunpartiya parlament guruhi raisi, Jamoatlar palata a’zosi Endryu Bridjen, lord Muhammad Iltaf Shayx, baronessa Emma Harriet Nikolson va baronessa Deniz Kingsmill ishtirok etdilar.

 Muloqot chog‘ida asosiy e’tibor O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlar va ularni rivojlantirishga qaratildi. Tomonlar O‘zbekiston-Buyuk Britaniya muloqotining konstruktiv tusidan mamnuniyat izhor etdilar hamda ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarning holati yuzasidan fikr almashdilar.

 Buyuk Britaniya parlamenti a’zolarining iltimosiga binoan O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati tushuntirildi.

 Bugun O‘zbekiston o‘z tarixining ulkan o‘zgarish bosqichida turgani ta’kidlandi. 2021-yilgacha mamlakatni rivojlantirish Strategiyasiga muvofiq bozor iqtisodiyotiga ega demokratik davlat qurish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, hayotning barcha jabhalarida qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini to‘liq himoya qilinishini kafolatlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilangan.

 O‘zbekiston o‘z tashqi siyosati tabiati va tarkibini tubdan o‘zgartirdi. “Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi” tamoyilining amalga tadbiq etilishi hozirdanoq mintaqada butunlay yangi siyosiy muhitni shakllantirdi.

 Buyuk Britaniya parlamenti a’zolari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilayotgan qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha tashqi siyosat yo‘nalishiga ijobiy baho berdilar. Ayniqsa, Afg‘onistonni mintaqadagi iqtisod, infratuzilma va kommunikatsiya loyihalariga jalb qilish bo‘yicha respublika rahbariyatining siyosati, O‘zbekiston tomonining Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini ilgari surish bo‘yicha faol sa’y-harakati, Afg‘oniston yosh fuqarolarini o‘qitish bo‘yicha ta’lim va gumanitar dasturlari orqali ko‘rsatilayotgan yordam yuksak baholandi.

 Uchrashuv yakunida Vazir Parlament a’zolarini O‘zbekistonga tashrif buyurish, shuningdek, yil oxirida bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga taklif etdi.

 Britaniya tomoni parlamentlararo muloqotni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdorligini va shu yilning dekabr oyida Oliy Majlisga saylovni kuzatishda ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net