BUNDESTAGNING IQTISODIY HAMKORLIK VA RIVOJLANISH BO?YICHA QO?MITASI RAISI BILAN UCHRASHUV

17.06.2019 15:59

2019-yilning 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagining Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha qo‘mitasi Raisi Peter Pamzauer bilan uchrashdi.

 

 

Uchrashuvda joriy yilning yanvar va may oylarida Berlin va Toshkentda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Germaniya muzokaralari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

 Tomonlar ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar. Parlamentlararo aloqalar, Bundestagning “Germaniya – Markaziy Osiyo”, Oliy Majlisning Bundestag bilan hamkorlik bo‘yicha deputatlar guruhlari faoliyati ikki tomonlama munosabatlarda muhim rol o‘ynaydi.

 Muloqot chog‘ida iqtisodiy sohadagi hamkorlikning ijobiy sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi. 21-22-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan moliyaviy va texnik hamkorlik bo‘yicha navbatdagi hukumatlararo muzokaralar yakunlarida Germaniya Hukumati tomonidan O‘zbekistonga imtiyozli kredit va grantlar shaklida 123,8 million yevro ajratish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

 Uchrashuvda ekologik fojia – Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mamlakatimizning sa’y-harakatlarini qo‘llab quvvatlagani uchun Germaniya tomoniga minnatdorchilik bildirildi.

 Shuningdek, madaniy-gumanitar va ilmiy-ta’lim sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

  

Anvar Ilyosov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net