BUNDESTAGNING "GERMANIYA-MARKAZIY OSIYO» PARLAMENT GURUHI RAISI: O?ZBEKISTON PARLAMENTNING MAMLAKAT TARAQQIYOTINI TA'MINLASHDAGI ROLI VA TA'SIRINI OSHIRISHNI MAQSAD QILGAN

19.12.2019 13:27

BERLIN, 19 dekabr'. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan Germaniya siyosiy, ekspert-tahliliy, jamoatchilik doiralari va ommaviy axborot vositalari vakillari mustaqil xalqaro kuzatuvchilar sifatida hamda YeXHT missiyasi doirasida parlament saylovini kuzatishda ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Ular mamlakatimiz poytaxti va viloyatlarda saylov jarayoni qanday tashkil etilgani va o‘tishini kuzatish bilan birga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar bilan ham tanishadi.

 

Bundestag parlament guruhi raisi Manfred Grund “Dunyo” axborot agentligiga bergan interv'yusida quyidagilarni qayd etdi:

 

- O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan so‘nggi uch yilda mamlakat taraqqiyotini ta'minlashda parlamentning roli va ta'sirini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli siyosiy islohotlar dasturi amalga oshirilayotganini e'tirof etish kerak.

 

Respublikada demokratiya talablariga javob beradigan va fuqarolarning xohish-irodasini kafolatlaydigan saylov tizimini takomillashtirish borasida izchil qadamlar qo‘yilmoqda. Shu munosabat bilan bo‘lajak saylovlar demokratiyani mustahkamlash, davlat organlari mas'uliyatini oshirish va qonun ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan yangi saylov kodeksi asosida o‘tkazilishi bilan o‘ziga xosdir.

 

Saylov natijalari ortidan parlamentga yangi, yosh zamonaviy deputatlar keladi va endi O‘zbekiston parlamentida partiyalar o‘rtasida haqiqiy siyosiy kurash olib borilishi uchun sharoit yaratiladi.

 

Amaldagi ma'muriy islohotlar dasturi barcha darajadagi boshqaruvni takomillashtirish va nafaqat markaziy boshqaruvni, balki tuman va tumanlardagi mahalliy hokimiyatlarni ham mamlakat hayotining barcha tarmoqlarida islohotlar dasturlarini amalga oshirishga ko‘proq ishtiyoqmand bo‘lishiga olib keladi.

 

Saylovlardan so‘ng O‘zbekiston parlamentida tuziladigan O‘zbekiston-Germaniya parlamentlararo guruhining bo‘lajak a'zolarini Germaniyaga tashrif buyurishga taklif qildim. O‘zaro hamkorlik qilish va bir-birimizga amaliy yordam berish uchun ko‘plab imkoniyatlarimiz bor. Bundan tashqari, biz Federal hukumat hamda nemis biznesmenlarini mamlakatingizda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqdamiz. Shunday qilib, Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni sezilarli darajada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

 

Bu yil O‘zbekistonga uchinchi marta tashrif buyurishimni aytishdan mamnunman. Mamlakatingizga birinchi marta parlamentlararo guruhimiz delegasiyasi rahbari, ikkinchi marta Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmaer tashrifi doirasida bo‘ldim va endi "yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar" shiori ostida o‘tkazilayotgan parlament saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotganimdan xursandman.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net