Bugun O?zbekiston Prezidenti Oliy Majlis va O?zbekiston xalqiga Murojaatnoma yo?llamoqda

20.12.2022 09:31

/Dunyo AA/. Bugun  poytaxtimizdagi Xalqaro kongress xollda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnoma yo‘llamoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda  Oliy Majlis Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va nodavlat  tashkilotlari rahbarlari,  mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan  xorijiy davlatlar diplomatiya missiyalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari  ishtirok etishmoqda.

Murojaatnoma o‘ndan ortiq telekanal orqali jonli efirda, shuningdek, Prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali onlayn yoritib boriladi.

Mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqea bo‘lgan ushbu tadbirda 2022 yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar eʼlon qilinadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net