Birinchi Prezident xotirasi yodga olindi

30.01.2023 12:55

/“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun  Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

30 yanvar, Toshkent shahri. Anʼanadagidek, Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga keng jamoatchilik yig‘ildi, deb maʼlumot bermoqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar ham Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat ko‘rsatdi.

El fidoyilarini unutmaslik, yaxshi ishlarini eslash va qadrlash millatning millatligini ko‘rsatadigan jihat. Bu keyingi avlodlar uchun ham ibrat, ham fazilatdir.

Marosimda ana shunday ehtirom namoyon bo‘ldi. Qurʼon oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentimizning mamlakatimiz manfaati yo‘lidagi tarixiy ishlari, olijanob xislatlari yodga olindi.

Davlatimiz rahbari majmuada Islom Karimov muzeyini tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishdi.  

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net