BELGIYA TIV RAHBARI BILAN UCHRASHUV

23.11.2018 12:37

2018-yilning 22-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Brussel shahrida Belgiya Qirolligi Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Didye Reynders bilan uchrashdi.

Uchrashuvda hamkorlikni, jumladan O‘zbekiston – Yevropa ittifoqi shaklidagi aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga asosiy e’tibor bergan holda ikki tomonlama munosabatlar ko‘rib chiqildi.

Belgiya tomoni BMT Xavfsizlik kengashining 2019-2020-yillardagi doimiy bo‘lmagan a’zolari saylovida O‘zbekistonning Belgiya nomzodiga ovoz bergani uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Suhbatda ikki tomon ham savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni chuqurlashtirishga muhim ahamiyat berishi ta’kidlandi. O‘zbekiston tomoni iqtisodiyotning tekstil, elektrotexnika sanoati, qurilish industriyasi kabi sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishda Belgiya ishbilarmon doiralarining faollashuvini qo‘llab-quvvatlaydi.

Uchrashuvda ekologiya, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi aloqalarni chuqurlashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net