BELARUS ELCHISI BILAN UCHRASHUV

30.01.2019 15:48

2019-yilning 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Belarus Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida o‘tgan yildagi ikki tomonlama munosabatlarning yakunlari hamda 2019-yilda ularni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

 Ta’kidlanganidek, Belarus Presidenti Aleksandr Lukashenkoning 2018-yil 12-14-sentabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi va uning Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni aniq amaliy mazmun bilan boyitgan holda uni yangi darajaga olib chiqdi.

 Tashrif doirasida qiymati 259,2 mln. AQSh dollariga teng 94 ta ikki tomonlama savdo shartnomasi va 54 mln. dollardan ortiq summadagi 19 ta investitsion hujjatlar imzolandi. O‘tgan yil davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo aylanmasi 130%ga o‘sgan holda 419,9 mln dollarni tashkil qildi.

 Shu nuqtayi nazardan tomonlarning oliy darajada erishilgan kelishuvlarni va tashrif doirasida imzolangan bitimlarni so‘zsiz bajarish borasidagi takliflari ko‘rib chiqildi.

 Uchrashuvda mamlakatimiz rahbarining javob tashrifi to‘g‘risida fikr almashildi. Shuningdek, Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar, Ishbilarmonlik va mintaqalararo hamkorlik qo‘shma forumi, turistik forumni o‘tkazish jadvallari va kun tartiblari ko‘rib chiqildi.

 Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net