BAʼZI DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARINING FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILISHI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA

11.05.2019 14:22

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 18 fevralda qabul qilingan 

Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda maʼqullangan

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi 510–XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 1 mayda qabul qilingan 616–I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 97-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 6, 260-modda; 2009 yil, № 12, 470-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda;

2016 yil, № 12, 383-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 7, 431-modda, № 10, 677-modda) 9-moddasiquyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlarini va Senatida doimiy asosda ishlagan Senat aʼzolarini vakolatlari muddati tugaganidan keyin, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tarqatib yuborilgan taqdirda ishga joylashtirish «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi».

 2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi 837–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 5, 221-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 4–5, 126-modda; 1998 yil, № 9, 181-modda; 2000 yil, № 7–8,

 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 604-modda; 2009 yil, № 12, 472-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

 1) 8-moddaning ikkinchi qismidagi “hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

 2) 9-moddaning ikkinchi qismidagi:

 “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;

3) 21-moddaning:

toʻrtinchi qismi oʻzbekcha matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

4) 27-moddaning ikkinchi qismidagi “mineral va termal suvlar boʻyicha – yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish organlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

5) 30-moddaning ikkinchi qismidagi “hamda yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

6) 41-moddaning ikkinchi qismidagi “yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish” degan soʻzlar “ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

7) 44-moddaning ikkinchi qismidagi “yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish” degan soʻzlar “geologiya va mineral resurslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi 924–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan 162–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 1–2, 10-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda;

2004 yil, № 1–2, 18-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 6, 249-modda, № 7, 324-modda; 2009 yil, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 4, 104-modda; 2012 yil, № 9/2, 244-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda;

2017 yil, № 4, 136-modda; 2018 yil, № 7, 486-modda, № 10, 672-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 17-modda ikkinchi qismi:

quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaati haqidagi taqdimnomasini koʻrib chiqadi”;

uchinchi – toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi – oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;

2) 26-moddaning:

oʻn birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarbilan almashtirilsin:

«qonunlarni sharhlab berishni talab etuvchi masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga taqdimnomalar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaati haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi koʻrib chiqishi uchun taqdimnoma kiritadi»;

oʻn ikkinchi – yigirmanchi xatboshilari tegishincha oʻn uchinchi – yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan 927–XII-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Sud, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil

14 dekabrda qabul qilingan 164–II-sonli Qarori tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 1–2, 12-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009 yil, № 4, 134-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2017 yil, № 6, 299-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:

 1) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 «Sud tizimi xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi nizom»;

 2) 1-moddadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (bundan buyon matnda Oliy maktab deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 3) 2-moddadagi “Markaz” degan soʻz “Oliy maktab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 4) 3-modda “maxsus unvonini” degan soʻzlardan keyin “va mansab darajasini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

 5) 4-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 «4. Mansab darajalari:

1-darajali Davlat adliya maslahatchisi

Kengash raisiga;

2-darajali Davlat adliya maslahatchisi

Oliy maktab direktoriga;

3-darajali Davlat adliya maslahatchisi

Departament direktoriga, Oliy maktab direktorining oʻrinbosariga;

1-darajali adliya maslahatchisi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi kotibiyati mudiriga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi boshqarmalari boshliqlariga, Kengash kotibiga, Oliy maktabning kafedra mudiriga, kafedra professoriga, kafedra dotsentiga, Departament direktorining oʻrinbosariga;

2-darajali adliya maslahatchisi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining katta ekspertlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining boshqarma boshliqlari oʻrinbosarlariga va boʻlim boshliqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining, Oliy sudi raisining yordamchilariga, Kengashning yetakchi inspektorlariga va birinchi boʻlimi mudiriga, Oliy maktabning boʻlim boshliqlariga, kafedra oʻqituvchilariga, Departamentning boʻlim va hududiy boʻlimlari boshliqlariga;

3-darajali adliya maslahatchisi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ekspertlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati kotibiyatining boshligʻiga,Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining boʻlim boshliqlari oʻrinbosarlariga, bosh va katta konsultantlariga, Kengashning arxiv mudiriga va devonxona mudiriga, Oliy maktabning yuriskonsultiga, bosh va yetakchi mutaxassislariga, Departamentning bosh mutaxassislariga, kadrlar boʻyicha bosh inspektoriga va yuriskonsultiga;

1-darajali yurist

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatsudi, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining boʻlim boshliqlariga, bosh mutaxassislariga, sudya katta yordamchilariga, Oliy maktabning devonxona mudiriga, arxiv mudiriga;

2-darajali yurist

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining katta mutaxassislariga, devonxona mudirlariga, sudyalar malaka hayʼatlari kotiblariga, Departament hududiy boʻlimlarining bosh mutaxassislariga;

3-darajali yurist

tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning sudya yordamchilariga, devonxona mudirlariga beriladi»;

 

6) 5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«5. 1, 2 va 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.

1, 2 va 3-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek 1, 2 va 3-darajali yurist mansab darajalari:

Kengashning va Oliy maktabning xodimlariga – Kengash raisi tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining devoni xodimlariga – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va quyi turuvchi sudlarning devonlari, Departament va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi, Oliy sudining raisi, Kengash raisi ushbu Nizomning 4-moddasida nazarda tutilmagan lavozimni shtat jadvalida mavjud muayyan lavozimga tenglashtirishga hamda 1-darajali adliya maslahatchisi va ungacha boʻlgan mansab darajasini berishga haqli»;

7) 61-moddadagi “Markaz” degan soʻz “Oliy maktab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

8) 7-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“7. Sudlarga, Kengashga, Oliy maktabga, Departamentga va uning hududiy boʻlimlariga huquqni muhofaza qiluvchi organlardan va boshqa tashkilotlardan ishga oʻtgan xodimlarga mansab darajalari ular qaysi lavozimga tayinlanganligi, bilimi va ish tajribasi, shuningdek ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlari va mansab darajalari hisobga olingan holda beriladi”;

9) 9-moddadagi “Yuridik mutaxassislik boʻyicha ish tajribasi” degan soʻzlar “Ish staji” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

10) 10-moddadagi “Markaz” degan soʻz “Oliy maktab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

11) 11-moddadagi “Markazda” degan soʻz “Oliy maktabda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

12) 13-moddadagi “Markaz” degan soʻz “Oliy maktab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

13) 14-moddadagi “Markaz” degan soʻz “Oliy maktab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda;

 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar;

 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar;

2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar;

 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda;

 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019 yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:

 1) 70-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 «Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarga oʻzboshimchalik bilan imoratlar qurish, foydali qazilma konlarini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda kon nazorati organlari bilan kelishmay turib ishga solish, yer osti boyliklaridan foydalanish talablari va tartibini buzish, yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi talablarini buzish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalarini va tabiiy muhitni, binolar va inshootlarni yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarning zararli taʼsiridan muhofaza qilish talablarini bajarmaslik, yer osti suvlari rejimini kuzatish uchun qazilgan quduqlarni, marksheyderlik va geologik belgilarni yoʻq qilish yoki shikastlantirish, xuddi shuningdek umumtarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish qoidalarini yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar tomonidan buzish»;

 2) 97-moddaningnomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 «97-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish»;

 birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 «Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish»;

3) quyidagi mazmundagi 971-modda bilan toʻldirilsin:

«971-modda. Istirohat bogʻlarining attraksionlaridan foydalanishda qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish

 Istirohat bogʻlarining attraksionlaridan foydalanishda qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish, –

 fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –

 fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

 4) 98-moddabirinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 «Sanoatda va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nazorati ostidagi boshqa obyektlarda portlovchi hamda radioaktiv materiallarni (manbalarni) hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, normalarini hamda yoʻriqnomalarini buzish, –

 fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

 ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 “fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;

 5) 260-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 «260-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining organlari

 Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining organlariga ushbu Kodeksning 55-moddasida,

 70-moddasida (yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismida), 97, 971, 98-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

 Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga quyidagilar haqli:

 Davlat qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari – eng kam ish haqining oʻn besh baravarigacha miqdorda;

 inspeksiyalarning boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari – eng kam ish haqining oʻn baravarigacha miqdorda;

 kon-texnik inspeksiyalarining va hududiy boshqarmalarning boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari – eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda;

davlat inspektorlari – eng kam ish haqining uch baravarigacha miqdorda»;

 6) quyidagi mazmundagi 2601-modda bilan toʻldirilsin:

 «2601-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi

 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga ushbu Kodeksning 70-moddasida (bundan yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismi mustasno),

71-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilish qoidalari mustasno),

72-moddasida (yer osti suvlariga doir qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga quyidagilar haqli:

inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosari – eng kam ish haqining yuz baravarigacha miqdorda;

mintaqaviy inspeksiyalar boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari – eng kam ish haqining yetmish baravarigacha miqdorda;

inspektorlar – eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda»;

7) 261-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida,

 65-moddasining toʻrtinchi qismida (bundan qishloq xoʻjaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik mustasno), 68-moddasida (shaharlar va posyolkalarning yerlariga, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarga, suv fondi yerlariga oid qismida), 70-moddasida (bundan yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi mustasno),

 701-moddasining birinchi qismida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 73-moddasida, 74-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 75-moddasida (bundan irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 78, 79, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida,

 

85-moddasida (bundan sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi, atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash mustasno), 86, 87, 88, 89-moddalarida (bundan atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish mustasno), 891-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91, 911, 912, 913, 92, 93, 95-moddalarida, 96-moddasida (davlat ekologik ekspertizasiga oid qismida), 148-moddasida (bundan ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, yogʻoch koʻpriklar va taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar mustasno),

 162-moddasida, 1631-moddasida (bundan uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni kanalizatsiya tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulab olish mustasno), 214-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 228-moddasida (tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganda muhrlar (plombalar) qoʻyilgan hollar) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir».

 6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi 2018–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan 444–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 604-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda, № 12/2,362-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:

 1) 2-modda quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

 «oltin izlovchilar usulida kavlab olish – yer qaʼri uchastkalaridan, shu jumladan sochma oltin konlaridan tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni nosanoat usulda kavlab olish»;

 2) 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi”;

3) 8-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish, yer qaʼrini muhofaza etish boʻyicha uzoq muddatli va oʻrta muddatli davlat dasturlarini tasdiqlash hamda ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;

yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berish, yer qaʼri monitoringini amalga oshirish tartibini belgilash, shuningdek foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarining davlat hisobini tashkil etish;

foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash hamda foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansini, foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastrini yuritish tartibini belgilash;

yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilash;

qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirish tartibini tasdiqlash»;

 4) quyidagi mazmundagi 81-modda bilan toʻldirilsin:

 «81-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining konchilik munosabatlari sohasidagi vakolatlari

 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

 konchilik munosabatlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

 yer osti boyliklari davlat fondini tasarruf etish;

 mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish yillik davlat dasturlarini tasdiqlash hamda amalga oshirish;

 keng tarqalgan foydali qazilmalarning roʻyxatini tasdiqlash;

 keng tarqalgan foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish tartibini belgilash;

 yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish»;

 5) 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 «11-modda. Foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarining davlat hisobi

 Geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olish uchun, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish uchun, shuningdek nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun foydalanishga berilgan yer qaʼri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishi lozim.

Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini davlat hisobiga qoʻyilmasdan turib amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan davlat geologiya fondi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladigan yer osti boyliklarini geologik jihatdan oʻrganishga oid ishlar mustasno»;

 6) 12-modda ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 7) 14-modda uchinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 8) 15-modda ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 9) 16-moddaning:

 toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 beshinchi qismi chiqarib tashlansin;

 10) 17-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 «Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda mavjudligi tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining balansidan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Kavlab olingan va kavlab olish jarayonida yoʻqotilgan foydali qazilmalarni yer qaʼridan foydalanuvchining balansidan chiqarish yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining roziligi bilan amalga oshiriladi»;

 11) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 «Yer qaʼridan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:

yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish;

foydali qazilmalarni kavlab olish;

oltin izlovchilar usulida kavlab olish;

 texnogen mineral hosilalardan foydalanish;

 foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati (bundan buyon matnda uglevodorodlar deb yuritiladi), boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash uchun yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish;

 muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo qilish;

 nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash»;

 12) 22-moddaning ikkinchi qismidagi “yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan” degan soʻzlar “yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi berilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

13) 23-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“oltin izlovchilar usulida kavlab olish uchun – uch yil muddatga”;

toʻrtinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;

 14) 25-modda:

 quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

 “Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish davlat dasturlarida nazarda tutilgan geologiya qidiruv ishlarini olib borish uchun loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi”;

 ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;

 uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 “yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarining davlat hisobi yuritilishi”;

 15) 26-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 «Litsenziya:

 litsenziya egasi haqidagi maʼlumotlarni;

 yer qaʼri uchastkasining nomini;

 yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlardan moʻljallangan maqsadni;

 foydalanishga berilayotgan yer qaʼri uchastkasining dastlabki koʻrsatkichlarini;

 yer qaʼridan foydalanish muddatlarini;

yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlarini oʻz ichiga olishi kerak»;

16) 27-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalarni kavlab olish, oltin izlovchilar usulida kavlab olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish, muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish hamda nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash uchun litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan beriladi, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan litsenziyalar mustasno”;

17) 28-modda:

 uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 “Foydali qazilmalar konlarini ishlatish uchun kon ajratmalari sanoat xavfsizligini taʼminlashga doir qismida Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan beriladi”;

 quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

 “Foydali qazilmalar konlari joylashgan joylarda yer uchastkalarining ajratmasi kon ajratmasiga muvofiq ajratiladi”;

 beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;

 18) 29-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 «Ishlatilayotgan konda foydali qazilmalarning yoki qoʻshilib chiqadigan foydali komponentlarning yangi turlari mavjudligi toʻgʻrisida, shuningdek foydali qazilmalarning yangi xossalari yoki xususiyatlari haqidagi, litsenziyani berish paytda nomaʼlum boʻlgan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, yer qaʼridan foydalanuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasiga foydali qazilmalarning zaxiralarini qaytadan tasdiqlash uchun geologik materiallar yuborishi shart.

 Litsenziyani bergan organ yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining qarori asosida oʻzgartishlar kiritishi mumkin»;

19) 33-moddaning birinchi qismi:

 toʻrtinchi xatboshisidagi “uglevodorod” degan soʻz “foydali qazilma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 oʻninchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 20) quyidagi mazmundagi 381-modda bilan toʻldirilsin:

«381-modda. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirish

 Tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirish maqsadida yer qaʼri uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalari, shu jumladan oʻlchamlari 1 gektardan ortiq boʻlmagan sochma oltin konlari yer osti kon qazishmalari yoʻlaklarisiz va portlovchi moddalardan foydalanmagan holda xavfsiz (yoʻl qoʻyiladigan) chuqurlikkacha beriladi.

Yer qaʼridan foydalanuvchilar ishlarni olib borayotganda qimmatbaho metallarni ajratib olishning rudani faqat maydalashni va gravitatsiya usulini qoʻllash huquqiga ega.

 Kimyoviy reagentlar qoʻllanilgan holda qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasidan foydalanish taqiqlanadi»;

 21) 42-modda birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

22) 45-modda:

 birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan soʻzlar “yangi aniqlangan konda foydali qazilmalar zaxiralari tasdiqlangan sanadan eʼtiboran bir yil davomida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

23) 50-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 “Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan ishlab chiqarish nazorati yer qaʼridan foydalanuvchilarning geologik, marksheyderlik yoki texnik xizmatlari tomonidan, bu kabi xizmatlar mavjud boʻlmagan taqdirda esa tegishli mutaxassislar jalb etilgan holda amalga oshiriladi”.

 7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 161–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 1-songa ilova; 1997 yil, № 2,

 65-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1,

 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 5,

 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2009 yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010 yil,

 № 12, 472-modda; 2012 yil, № 9/1, 238-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda;

2016 yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda,

№ 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda,

№ 7, 431-modda, № 10, 677-modda; 2019 yil, № 1, 3-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:

1) 69-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlarini va Senatida doimiy asosda ishlagan Senat aʼzolarini vakolatlari muddati tugaganidan keyin, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tarqatib yuborilgan taqdirda ishga joylashtirish «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi»;

 2) 106-moddaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2) shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklangan taqdirda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senatida doimiy asosda ishlagan Senat aʼzosi vakolatlari muddati tugaganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda Senati tarqatib yuborilganligi munosabati bilan avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytgan taqdirda”;

 3) 165-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

 «Korxonalarning, muassasalarning yoki tashkilotlarning rahbarlari oʻz vakolatlarini ishlab chiqarishdan yoki xizmat faoliyatidan ajralmagan holda amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosini u senatorlik majburiyatlarini bajarayotgan vaqtda uning ish joyi (lavozimi) saqlangan holda ishdan ozod qilishi shart. Senatorlik vazifalarini bajarayotgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosining oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.

 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatiga va Senati aʼzosiga oʻttiz olti ish kunidan iborat haq toʻlanadigan yillik mehnat taʼtili beriladi, bundan qonun hujjatlarida koʻproq muddatli taʼtil nazarda tutilgan hollar mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatiga har yilgi mehnat taʼtili, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining sessiyalari oraligʻidagi davrda beriladi».

 8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida»gi 432–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 12, 213-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 4, 101-modda;

 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

 1) 12-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

 “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament soʻroviga, shuningdek senatorning soʻroviga oʻz vaqtida javob yuborilishini taʼminlashga koʻmaklashadi”;

2) 20-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

 “Qoʻmitalarning majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili ishtirok etishi mumkin”.

 9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida»gi 434–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 12, 215-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda;

 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 12-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

 “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament soʻroviga, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatining soʻroviga oʻz vaqtida javob yuborilishini taʼminlashga koʻmaklashadi”;

2) 20-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

 «Qoʻmitalarning majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagivakolatli vakili ishtirok etishi mumkin».

 10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida»gi 522–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2013 yil, № 4, 95-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:

 1) 14-modda:

 quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

 «Qonunchilik palatasining qoʻmitalaridagi qonun loyihasi muhokamalarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili ishtirok etishi mumkin»;

 beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;

 2) 32-modda:

 quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin;

 «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament soʻroviga oʻz vaqtida javob yuborilishini taʼminlashga koʻmaklashadi»;

sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari tegishincha toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi qismlardeb hisoblansin;

 3) 321-modda:

 quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

 «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili Qonunchilik palatasi deputatining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan soʻroviga oʻz vaqtida javob yuborilishini taʼminlashga koʻmaklashadi»;

uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin.

 11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 523II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda;

 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda;

 2019 yil, № 1, 1-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:

 1) 31-modda:

 quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:

 «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament soʻroviga oʻz vaqtida javob yuborilishini taʼminlashga koʻmaklashadi»;

 sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari tegishincha toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;

 2) 311-modda:

 quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

 «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili senatorning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan soʻroviga oʻz vaqtida javob yuborilishini taʼminlashga koʻmaklashadi»;

uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin.

 12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi 704–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005 yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 12, 637-modda;

 2015 yil, № 12, 452-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) 16-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 «16-modda. Deputatning va Senatda doimiy asosda ishlayotgan senatorning mehnat huquqlari kafolatlari

 Deputatlarga, senatorlarga vakolatlari muddati tugaganidan keyin ishga joylashishga doir kafolatlar beriladi. Vakolatlari muddati tugagach, deputatga, senatorga oʻzining roziligi bilan boshqa lavozimdagi ish, shu jumladan yuqoriroq lavozimdagi ish ham berilishi mumkin.

 Deputat, senator ilgarigi ish joyiga (lavozimiga) qaytgan taqdirda, deputatning, senatorning avvalgi egallab turgan lavozimiga qabul qilingan shaxs bilan mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 106-moddasining 2-bandiga muvofiq bekor qilinadi.

Korxona, muassasa, tashkilot qayta tashkil etilgan yoki xodimlari soni (shtati) oʻzgargan taqdirda deputatga, senatorga vakolatlari muddati tugaganidan keyin ilgarigi ish joyi boʻyicha boshqa avvalgisiga teng lavozim beriladi. Bunda deputatni, senatorni ishga joylashtirish majburiyati huquqiy voris zimmasiga yuklatiladi.

Korxona, muassasa yoki tashkilot tugatilgan taqdirda, deputatga, senatorga oʻzining roziligi bilan boshqa korxonada, muassasada yoxud tashkilotda ish (lavozim) beriladi. Bunda deputatni, senatorni ishga joylashtirish majburiyati yuqori turuvchi organ yoki boshqa vakolatli organ zimmasiga yuklatiladi.

 Saylanishiga (tayinlanishiga) qadar, lavozimlarga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladigan lavozimlarda ishlagan deputatlarni, senatorlarni ishga joylashtirish tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

 Qonunchilik palatasi va Senat tarqatib yuborilgan taqdirda, deputatga, senatorga ishdan boʻshatish oylik nafaqasi hisobga olingan holda ishga joylashish davrida qonunda belgilangan tartibda oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanadi.

 Deputatning, senatorning vakolatlari muddati umumiy ish stajiga, xizmat muddatiga va avvalgi ixtisosi boʻyicha ish stajiga qoʻshib hisoblanadi».

 13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 11 oktyabrda qabul qilingan «Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida»gi OʻRQ–60-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 537-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar) 6-moddasiquyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

 «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili qonun loyihalarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati tarkibiy boʻlinmalarining, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaqin hamkorligini taʼminlaydi, qonun ijodkorligi faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorligini tashkil etadi».

 14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yil 1 iyunda qabul qilingan “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–249-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010 yil, № 6, 230-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda;

 2017 yil, № 9, 510-modda) 26-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi davlat sud-ekspertiza muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirishni va unga ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi”.

15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 23 sentyabrda qabul qilingan «Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi OʻRQ–353-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 9, 239-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 6-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 “Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining faoliyatini taʼminlaydi”;

2) 10-moddaning

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«10-modda. Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi»;

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi (bundan buyon matnda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi”.

16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 11 aprelda qabul qilingan «Parlament nazorati toʻgʻrisida»gi OʻRQ–403-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, № 4, 123-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda;

2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda) quyidagi mazmundagi 241-moddabilan toʻldirilsin:

«241-modda. Parlament nazorati subyektlariga Vazirlar Mahkamasining koʻmaklashishini taʼminlash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili parlament nazorati subyektlariga Vazirlar Mahkamasining koʻmaklashishini taʼminlaydi, xususan:

Davlat byudjeti loyihasining Oliy Majlis palatalari koʻrib chiqishi uchun taqdim etilishini taʼminlaydi;

Davlat byudjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobоtning Qonunchilik palatasiga taqdim etilishini taʼminlaydi;

Vazirlar Mahkamasining oʻtgan yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar toʻgʻrisidagi har yilgi maʼruzasi Oliy Majlis palatalariga taqdim etilishini taʼminlaydi;

zarur boʻlganda Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobоtini Oliy Majlis palatalari tomonidan eshitishni tashkil etish choralarini koʻradi;

hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishni tashkil etish choralarini koʻradi;

Vazirlar Mahkamasining aʼzolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament soʻroviga, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatining yoki Senat aʼzosining soʻroviga oʻz vaqtida javob yuborilishini taʼminlashga koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oliy Majlis palatalari qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqning qoʻllanilish amaliyotini Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari tomonidan oʻrganish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha choralar koʻradi, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mazkur yoʻnalishdagi boshqa tashkilotlarning ishini muvofiqlashtirib boradi;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlarining ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga rioya etilishi, Oliy Majlis palatalarining, ular kengashlarining qarorlari, qoʻmitalari va komissiyalarining qarorlari bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotini eshitishda ishtirok etadi».

17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 22 yanvarda qabul qilingan OʻRQ–460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda)208-moddasi oltinchi qismining birinchi jumlasiquyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Sud protsessi ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir boʻlganlar yozma qaydlar qilish huquqiga ega”.

18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 24 yanvarda qabul qilingan OʻRQ–461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda) 165-moddasi toʻrtinchi qismining birinchi jumlasiquyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir boʻlganlar yozma qaydlar qilish, stenogramma yuritish va ovoz yozib olish huquqiga ega».

19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 25 yanvarda qabul qilingan OʻRQ–462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda) 143-moddasi toʻrtinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir boʻlganlar yozma qaydlar qilish, stenogramma yuritish va ovoz yozib olish huquqiga ega”.

20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

21-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                                Sh. Mirziyoyev

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net