AXBOROT SOHASIDAGI O?ZBEKISTON-TOJIKISTON MASLAHATLASHUVLARI TO?G?RISIDA

06.12.2018 12:02


2018-yilning 4-5-dekabr kunlari Dushanbe shahrida tashqi siyosiy faoliyatni yoritib borish va OAV bilan hamkorlik qilish bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Axborot, matbuot, tahlil va tashqi siyosiy rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Vafo Niyatbekzoda Tojikiston tomoniga boshchilik qildi.

Maslahatlashuvlar davomida ommaviy diplomatiya sohasidagi faoliyat bo‘yicha tajriba almashildi, O‘zbekiston va Tojikistonning har tomonlama rivojlanayotgan aloqalari nuqtayi nazaridan ikki davlat axborot tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Keyingi maslahatlashuvlar Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturiga muvofiq 2019-yili Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net