AVSTRIYA TIV RAHBARI O?RINBOSARI BILAN UCHRASHUV

07.03.2019 15:08

2019-yilning 7-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Avstriya Respublikasi Yevropa, integratsiya va tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Yohannes Peterlik bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Avstriya aloqalari, shuningdek, xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

 Uchrashuvda so‘nggi vaqtlarda kuzatilayotgan turli darajalardagi samarali ikki tomonlama aloqalarni faollashayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Davlatlararo aloqalarni izchil kengaytirish va chuqurlashtirish ikki mamlakatning uzoq muddatli manfaatlariga mos kelishi ta’kidlandi.

 O‘zbekiston va Avstriya tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rtasida 2018-yil 22-noyabr kuni Brusselda bo‘lib o‘tgan muzokaralarning samarali yakunlari kelajakda hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash imkonini berdi.

 Suhbat davomida 2019-yil aprel oyida Toshkent shahrida Savdo va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Avstriya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisini o‘tkazish va uning doirasida biznes-forum tashkil etishga tayyorgarlik jarayoni ham ko‘rib chiqildi.

 Uchrashuvda umumiy kun tartibidagi boshqa masalalar, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

 Muzokaralarda Avstriya Elchisi Alois Kraut ishtirok etdi.

 

 

 

Zafar Yuldashkulov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net