ARMANISTON ELCHISI BILAN UCHRASHUV

14.08.2019 11:41

TOSHKENT, 14-avgust. /"Dunyo" AA/. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Armaniston Respublikasining yangi tayinlangan Elchisi (qarorgohi Yerevan shahrida) Aram Grigoryanni qabul qildi, xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Ishonch yorliqlarini olar ekan Vazir Elchini O‘zbekistondagi missiyasi boshlangani bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyat tiladi.

 Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlar holati va ularni rivojlantirish istiqbollari ko’rib chiqildi.

 O‘zbekiston-Armaniston aloqalarni jadallashtirish, jumladan o‘zaro tovar va xizmatlar ayirboshlashni kengaytirish hamda turli darajalardagi aloqalarni faollashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

 Aloqalarning shartnomaviy-huquqiy asosini takomillashtirish ustida birgalikda ishlash dolzarbligi qayd etildi.

 Uchrashuvda umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net