AQSH ELCHISI BILAN UCHRASHUV

27.06.2019 14:19

2019-yilning 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniel Natan Rosenblum bilan uchrashdi.

 

 

Suhbat chog‘ida Afg‘oniston muammosini hal qilish bo‘yicha O‘zbekiston va AQShning sa’y-harakatlari, Afg‘onistondagi turli loyihalarni birgalikda amalga oshirishda O‘zbekiston-AQSh hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

 O‘zbekiston va AQShning Afg‘oniston masalalari bo‘yicha mavqe’lari yaqinligi alohida ta’kidlandi, bu esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil may oyida AQShga rasmiy tashrifi davomida yana bir bor ta’sdiqlangan edi.

 AQSh tomoni Afg‘onistondagi tinch siyosiy jarayonni boshlash, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng miqyosli iqtisodiy loyihalar bo‘yicha O‘zbekiston sa’y-harakatlarga yuksak baho berdi.

 Afg‘oniston masalalari bo‘yicha konstruktiv va samarali muloqotni davom ettrishdan tomonlar manfaatdor ekanligi izhor etildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net