AFG?ONISTON TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV

18.05.2019 10:08

2019-yilning 17-may kuni Dushanbe shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali konferensiya ishida qatnashayotgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy bilan uchrashdi.

Vazirlar ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning dinamikasini va ijobiy yakunlarini mamnuniyat bilan e’tirof etdilar hamda turli tarmoqlardagi aloqalarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, xususan O‘zbekistonning Afg‘onistonda yirik infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish borasidagi takliflarini muhokama qildilar.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari afg‘on mojorosini hal etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar va Afg‘onistonda mustahkam tinchlik o‘rnatish borasidagi siyosiy jarayoniga qat’iy sodiq ekanliklarini tasdiqladilar.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net