AFG?ONISTON PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

29.11.2018 12:58

Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 2018-yilning 28-noyabr kuni Jeneva shahrida Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va ularni kengaytirishning istiqbollari muhokama qilindi.

Bugungi kunda ikki davlat Prezidentlarining rahbarligi ostida va shaxsan ishtiroki natijasida ko‘p qirrali va o‘suvchan ahamiyat kasb etib borayotgan O‘zbekiston – Afg‘oniston muloqotining izchil rivojlanayotgani e’tirof etildi.

Muhammad Ashraf G‘ani O‘zbekistonning Afg‘onistondagi tinchlik va hamjihatlikka ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi hamda mamlakatdagi yirik infrastruktura va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishdagi qo‘llab-quvvatlash va ishtirok uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net