Adliya vaziri: O?zbekistonda davlat funksiyalari avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi joriy etiladi

30.12.2022 11:30

/“Dunyo” AA/. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida «Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Prezidentining Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Adliya vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, unda O‘zbekiston Adliya, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbariyati va boshqa masʼullar ishtirok etishdi.

Anjumanda 2023 yil 1-yanvardan Vazirlar Mahkamasi aʼzosi bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilmalaridan mustaqil ravishda Bosh vazir bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashi tizimi joriy etilishi va   mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining soni 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan, vazirliklar soni 25 tadan 21 tagacha qisqartirilishi yuzasidan so‘z bordi.

Xususan, adliya vaziri  Akbar Toshqulov  o‘z maʼruzasida davlatimiz rahbarining ushbu farmonidagi qoidalar haqida batafsil maʼluot berdi.

-Farmon nafaqat optimallashtirishga, balki xususiy tashabbuslarni yana-da kengaytirish, ularga yangi istiqbollarni ochish maqsadida endi “qo‘l boshqaruvi”dan – aniq natijaga ishlaydigan tizimli boshqaruvga o‘tiladi,- dedi u.- Gap natijadorlikka asoslangan aqlli boshqaruv haqida ketmoqda. Uning zamirida insonga xizmat qilish, ularga sifatli va tezkor davlat xizmatlarini ko‘rsatish, yaʼni ularni rozi qilish g‘oyasi yotadi.

Shuningdek, Davlat organlarining funksiyalari qayta ko‘rib chiqilishi, takrorlanuvchi, ishlamayotgan funksiyalar bekor qilinadi, ayrimlari xususiy sektorga o‘tkazilishini hamda respublika hamda hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestri shakllantirilishi va yuritilishini taʼkidladi.

Bundan tashqari, vazir davlat byudjetidan davlat boshqaruvi organlariga ajratiladigan mablag‘larning miqdorlarini belgilashda mazkur reyestrda nazarda tutilgan funksiyalar mezon sifatida inobatga olinishi haqida gapirdi. Bu borada funksiyalar yagona reyestrini elektron tarzda yuritish imkonini beradigan “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi yuritilishi to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Anjumanda respublikadagi ijro hokimiyati barcha organlarining qariyb 5 ming funksiyalari xatlovdan o‘tkazilib, 500 ga yaqin takrorlanadigan, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hamda amalga oshirish mexanizmlari bilan taʼminlanmagan funksiyalar aniqlanganligini inobatga olgan holda respublika va hududiy ijro hokimiyati organlari funksiyalarining ochiq reyestri shakllantirilib, doimiy faoliyat yuritishi amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risida ham aytib o‘tildi.

Anjuman so‘ngida jurnalistlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net