ABDULAZIZ KOMILOV SERGEY LAVROV BILAN UCHRASHDI

16.01.2020 09:46

TOSHKENT, 16 yanvar. /"Dunyo" AA/. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkentga rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri TIV matbuot xizmatiga tayanib.

 

Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildi. Bunda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, sayyohlik, ilmiy-ma’rifiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor berildi. Tomonlar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ba’zi masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

 

Vazirlar so‘nggi ikki yil davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar barqaror rivojlanib borayotgani va keng qamrovli tus olganini mamnuniyat bilan qayd etdi. O‘tgan yilning o‘zida birgina iqtisodiy sohada vazirliklar va idoralar, viloyatlar delegatsiyalari, kompaniya rahbarlari va ishbilarmon doiralar vakillari tomonidan 130 dan ortiq tashrif amalga oshirildi. Bunday ijobiy sur’atga, avvalambor, ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida o‘rnatilgan ishonchli munosabatlar va o‘zaro anglashuv tufayli erishilgani ta’kidlandi.

 

O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlikning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tashrif o‘zaro munosabatlarning zamonaviy tarixida muhim voqea bo‘lishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, joriy yil hukumat rahbarlari darajasida bo‘lib o‘tadigan Qo‘shma komissiya, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, mintaqalararo hamkorlik bo‘yicha forumlar, ta’lim va ommaviy axborot vositalari sohalaridagi uchrashuvlar, boshqa ikki tomonlama tadbirlarni o‘tkazishning sanalari va kun tartibi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

 

BMT, MDH, ShHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

 

Muzokaralar yakunida vazirlar ikki mamlakat tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasida tizimli va samarali hamkorlik qilishga qaratilgan O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net