ABDULAZIZ KAMILOV VASHINGTON SHAHRIDA AQSHNING AFGʻONISTONDAGI YARASHISH MASALALARI BOʻYICHA MAXSUS VAKILI BILAN UCHRASHDI

19.07.2019 10:17

TOSHKENT, 19 iyul. /«Dunyo» AA/. 2019-yilning 17-iyul kuni Diniy erkinliklarni ilgari surish masalalariga bag‘ishlangan ikkinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etish uchun Vashington shahriga O‘zbekiston delegatsiyasiga boshchilik qilib kelgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQShning Afgʻonistondagi yarashish masalalari boʻyicha Maxsus vakili Zalmay Xalilzod bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

 Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlik bo‘yicha muntazam O‘zbekiston – AQSh muloqoti doirasida mazkur mamlakatda tinchlik o‘rnatish borasidagi siyosiy jarayonning hozirgi holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

 Uchrashuvda Doha shahrida (Qatar) bo‘lib o‘tgan afg‘onlararo konferensiya yakunlari qo‘llab-quvvatlandi va muzokaralar ko‘p yillik afg‘on mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilishning yagona usuli ekanligi tasdiqlandi.

 AQSh tomoni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan siyosiy jarayonni boshlashga ko‘maklashish hamda energetika va transport sohalarida muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasidagi O‘zbekiston sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net