ABDULAZIZ KAMILOV KOREYA RESPUBLIKASI ELCHISI BILAN UCHRASHDI

14.05.2019 14:52

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Koreya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kvon Yon Uni qabul qildi.

Ikki tomon kun tartibi borasida fikr almashish chog‘ida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlarning jadal rivojlanayotgani qayd etildi.

2017-yilning noyabr oyida Seul shahrida va 2019-yilning aprel oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilgan oliy darajali O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvlarining muvaffaqiyatli yakunlari tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni faollashtirish imkonini bergani ta’kidlandi. Xususan, 2018-yilda o‘zaro savdo aylanmasi 50%dan ortiqqa o‘sib, 2 mlrd. AQSh dollaridan oshdi.

Uchrashuvda Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo shaklidagi hamkorlikning samarali ahamiyati ham e’tirof etildi.

Vazir Elchining mamlakatimizdagi uch yillik faoliyatini hamda hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.

Elchi o‘z navbatida O‘zbekistondagi missiyasini bajarishi uchun yaratilgan sharoitlarga minnatdorchilik bildirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net