ABDULAZIZ KAMILOV HINDISTON ELCHISINI QABUL QILDI

26.07.2019 10:43

TOSHKENT, 26 iyul. /«Dunyo» AA/. 2019-yilning 26-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Santosh Jani qabul qildi, deb xabar qilmoqda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

 Ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, Vazir do‘st Hindiston Elchisini yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga samarali faoliyat tiladi.

 Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarining dolzarb kun tartibi muhokama qilindi. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil Hindistonga davlat tashrifi va joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan “Jo‘shqin Gujarat” sammitidagi ishtiroki ikki tomonlama hamkorlikning muhim voqeasi bo‘lgani ta’kidlandi.

 Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston-Hindiston hamkorlik institutlarining bo‘lajak majlislari va boshqa qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net