ABDULAZIZ KAMILOV AQSH XALQARO TARAQQIYOT AGENTLIGI (USAID) ADMINISTRATORI BILAN UCHRASHDI

21.07.2019 10:20

TOSHKENT, 21 iyul. /«Dunyo» AA/. 2019-yilning 19-iyul kuni AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Mark Grin bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

 Muzokaralarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan batafsil fikr almashildi, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida mustahkam ko‘p qirrali hamkorlik nuqtayi nazaridan Agentlik bilan samarali aloqalarning ustuvor jihatlari muhokama qilindi.

 Mark Grin Agentlikning O‘zbekiston bilan har tomonlama hamkorlikka va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.

 Mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsion-texnologik aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalar eng katta unum keltirishi ta’kidlandi.

 “Ta’lim sohasiga sarmoya kiritib, siz kelajak urug‘ini ekasiz, chunki munosib ta’limsiz dunyodagi tobora kuchayib borayotgan raqobatga dosh berish imkonsiz”, – dedi USAID administratori.

 Agentlik rahbariga O‘zbekistonning 5 yillik rivojlanish strategiyasining asosiy qoidalari, AQShning qator davlat idoralarida o‘tkazilgan delegatsiya muzokaralari natijalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

 Uchrashuv yakuniga ko‘ra O‘zbekiston va Vashington shahridagi USAID bosh qarorgohi o‘rtasida turli darajalarda aloqalarni jadal kengaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net