ABDULAZIZ KAMILOV AFG?ONISTON ELCHISI BILAN UCHRASHDI

15.07.2019 16:27

TOSHKENT, 15 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ahmad Holid Elmiy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi..

 Ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilar ekan, Vazir Elchini samimiy qutladi va birgalikda O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarini mustahkamlash va kengayishga ishonch bildirdi.

 Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish va O‘zbekistonning Afg‘onistondagi infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishidan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi.

 Afg‘onistondagi ko‘p yillik mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.

 Elchi Prezident Muhammad Ashraf G‘ani nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyevga Afg‘onistonni doimiy qo‘llab quvvatlagani uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekiston tomoniga afg‘onlararo muloqot mexanizmlarini boshlashga salmoqli hissa qo‘shgani uchun tashakkur izhor etdi, bunga o‘tgan yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha nufuzli xalqaro konferensiya sezilarli turtki berdi.

 Uchrashuvda, shuningdek, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar kun tartibi va jadvali, jumladan Toshkent shahrida o‘tkazishilishi rejalashtirilayotgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisi yuzasidan fikr almashildi.

 Anvar Ilyosov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net