24 YANVAR KUNI “DUNYO” AXBOROT AGENTLIGINING YANGI VEB-SAHIFASI ISHGA TUSHIRILADI

23.01.2020 10:57

TOSHKENT, 23 yanvar. /"DunyoAA/. 24 yanvar kuni www.dunyo.info xalqaro darajadagi domenda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining "Dunyo" axborot agentligi yangi veb-sahifasi ishga tushiriladi.

 

Veb-saytga yangi ruknlar va tematik bo‘limlar, jumladan tahliliy materiallar joylashtirish nazarda tutilgan sahifa kiritilgan. Shuningdek, mobil versiya, yangiliklarni pochta orqali yuborish funksiyasi, ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlar bilan sinxronlashtirish imkoniyati joriy qilingan, xavfsiz ulanish uchun (SSL) xavfsizlik sertifikati o‘rnatilgan, zamonaviy dizayn bilan bezatilgan.

 

Agentlikning amaldagi veb-sahifasi (www.jahonnews.uz) ham ma’lum muddatgacha ishlab turadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net