«Sirdaryo IES»da quyosh fotoelektr stansiyasini bunyod etish ishlari boshlandi

18.10.2022 16:57

“Dunyo” AA/. «Sirdaryo IES» korxonasida quvvati 1200-1500 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha dastlabki ishlar boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Energetika vazirligi maʼlumoti ko‘ra, «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyati tizimida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini bosqichma-bosqich joriy etish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda energiya tejaydigan texnologiyalardan keng foydalanish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, «Sirdaryo IES» korxonasida quvvati 1200-1500 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha dastlabki ishlar boshlandi. Mazkur stansiya ishga tushirilgach, yiliga 3 million kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda 900 ming kubmetr tabiiy gaz tejaladi.

Ikki gektar maydonni egallaydigan hamda quvvati 1200-1500 kVt bo‘lgan mazkur quyosh stansiyasini tayyor holda qurib, ishga tushirish maqsadida “O‘zbekenergotaʼmir” AJ bilan shartnoma tuzilgan. Unga ko‘ra, qurilish uchun ajratilgan yer maydonini tayyorlash, qurilish-montaj va sozlash ishlarini bajarish ko‘zda tutilgan.

Hozirgi kunda bir guruh mutaxassislar tomonidan yer maydonini o‘rganish hamda obyektni loyihalash ishlari boshlab yuborildi.

Joriy yilning oktyabr oyi boshida “O‘zbekenergotaʼmir” AJ tomonidan quyosh panellari, metall konstruksiyalar o‘rnatish uchun olib kelindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net