Shamsiddin Vohidov shaxmat bo?yicha «Central Asia Chess Cup 2023» xalqaro musobaqasi bosh sovrinini qo?lga kiritdi

25.01.2023 16:41

/“Dunyo” AA/. Toshkent  o‘tkazilgan «Central Asia Chess Cup 2023» xalqaro shaxmat musobaqasi yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Sovrin jamg‘armasi 18 ming dollarni tashkil etuvchi  ushbu musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistondan jami  57 nafar shaxmatchi dona surdi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida 9 imkoniyatdan 8 ochko jamg‘argan O‘zbekiston vakili Shamsiddin Vohidov turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin ham vatandoshimiz  Ortiq Nig‘matovga nasib etdi.  Qozog‘istonlik aql gimnatikachisi Azamat Utegaliyev esa uchinchi o‘rinni  egalladi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik shaxmatchi Nilufar Yoqubboyevaga teng keladigan raqib topilmadi. U 5,5 ochko bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. 

Jamoaviy hisobda 1-o‘rin O‘zbekiston terma jamoasiga nasib etdi. Qozog‘iston va Tojikiston shaxmatchilari mos ravishda ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni band etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net