Seulda Koreya Respublikasidan Toshkent va Samarqand shaharlariga yangi aviaparvozlarni yo?lga qo?yish masalasi muhokama qilindi

25.10.2022 15:54

“Dunyo” AA/. Seul shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov bugun «T‘way Air» aviakompaniyasi katta vitse-prezidenti Kim Xyung Yi bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqotda ikki davlat fuqarolarining o‘zaro sayyohlik va xizmat safarlariga ortib borayotgan talabini qondirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida aviaqatnovlarni oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Koreya tomoniga O‘zbekistonda turizm sohasi milliy iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida qaralishi aytib o‘tildi. Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda qisqa vaqt ichida xorijlik sayyohlar kelishi va sayyohlik infratuzilmasi obyektlari soni sezilarli darajada oshdi.

Shuningdek, qadimiy Samarqandning ulkan turistik salohiyati, jumladan, yangi qad rostlagan xalqaro aeroport hamda zamonaviy mehmonxonalar majmuasiga ega “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro sayyohlik markazi imkoniyatlariga ham eʼtibor qaratildi. “Samarqand” xalqaro aeroportida “ochiq osmon” tartibi joriy etilgan bo‘lib, bu xalqaro huquq normalariga muvofiq xorijiy aviakompaniyalar uchun reyslar va parvozlar yo‘nalishlarida cheklovlar olib tashlanganidan dalolat berishi taʼkidlandi.

Ikki davlat o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni yana-da rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan Toshkent va Samarqand shaharlariga «T‘way Air» aviakompaniyasining parvozlarini yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net