SERGELIDA YANA KO?PLAB UYLAR QURILADI

22.12.2018 13:13

Bugun poytaxtimizning Sergeli tumanida qurilish kranlari shunchalik ko‘pki, xuddi daraxtzorga o‘xshaydi. Bu bunyodkorlik ishlari ko‘lamidan, shiddatidan.

Jumladan, “Choshtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 66 ta 7 qavatli uy qurilmoqda. 

 

Davlatimiz rahbari joriy yilning iyul oyida bu yerga tashrif buyurgan, o‘sha kunlari qurilishga poydevor qo‘yilib, ishlar boshlangan edi. 

 

Atigi besh oyda bu yerda ulkan mavze qad ko‘tardi. 1 ming 176 xonadonga mo‘ljallangan 21 ta uy barpo etildi. Boshqa uylarning qurilishi davom etmoqda.

 

Turkiyaning innovatsion texnologiyalari asosida binoning tashqi devorlari harorat saqlovchi materiallar bilan qoplangan. Bu uylarni qishda issiq, yozda salqin bo‘lishini ta’minlaydi.

 

Prezidentimiz ushbu uylardan birini kirib ko‘rdi. Qurilish sohasida yangi tizim yaratilganini, bu aholini uyli qilish bilan birga ko‘plab ish o‘rinlari ham ochayotganini ta’kidladi.

 

Mavzeda mahalla guzari ham bunyod etilgan bo‘lib, unda mahalla raisi va maslahatchilari xonalari, uy-joy mulkdorlari shirkati, profilaktika inspektori xonasi, kutubxona faoliyat yuritadi.

Shavkat Mirziyoyev tumanning 8-dahasi yonida quriladigan uylar uchastkasida ham bo‘ldi.

 

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net