Xiva shahrida bo'lib o'tgan "Qovun sayli" xalqaro festivali g'oliblari taqdirlandi

12.08.2024 16:15

Turizm qo'mitasi va Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda ko'hna Xiva shahrida "Qovun sayli" xalqaro festivali tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Turizm qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, festival uchun "Polvon" darvoza oldi, "Alleya" maydonining 4 gektarida 60 ta pavilyon tashkil qilindi. Ularda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, Xorazm viloyatidagi 13 ta shahar va tuman hokimliklarining meva-sabzavotlari, poliz ekinlari, 100 dan ortiq qovun navlari hamda hunarmandchilik buyumlari namoyish etildi.

Shuningdek, "Qovunni qayta ishlash va saqlaganligi uchun", "Qadimiy Xorazm navlarini tiklash va yangi innovatsion texnologiyalar joriy qilganligi uchun", "Qovunchilikda eng yuqori rentabellikka va eksportbop qovun yetishtirganligi uchun", "Eng shirin ekologik qovun yetishtirganligi uchun" nominatsiyalari bo'yicha g'oliblar aniqlandi. G'oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

E'tiborlisi, tadbir kunlari Xorazm viloyatiga 30 mingdan ortiq xorijiy mehmonlar va 400 mingga yaqin mahalliy sayyohlar keldi. Tashkilotchilarga ko'ra, bu kabi festivallar ichki va tashqi turizmni yanada rivojlantirishga, sayyohlar soni oshishiga xizmat qiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net