XITOYLIK TELEIJODKORLAR O?ZBEKISTON HAQIDA HUJJATLI FILM SURATGA OLADI

06.01.2020 10:11

PEKIN, 6 dekabr. /“Dunyo” AA/. Bu haqda mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasida Xitoy Markaziy teleradiokompaniyasining “CGTN na russkom” xalqaro telekanali bosh direktori Din Yun bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Ikki mamlakatning “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” tashabbusi doirasidagi hamkorligiga bag‘ishlangan hujjatli filmni O‘zbekiston va Xitoy hududlarida suratga olish rejalashtirilmoqda.

 

Ssenariy loyihasiga ko‘ra hujjatli film Buyuk ipak yo‘lida joylashgan O‘zbekiston va Xitoyning boy tarixiy va madaniy merosi, ikki xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik munosabatlari, shuningdek, O‘zbekiston-Xitoy strategik sherikligining bugungi holati va istiqbollarini aks ettiradi.

 

«CGTN na russkom» telekanali ijodiy guruhi joriy yil fevral-mart oylarida Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva va boshqa qadimiy shaharlarga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

 

60 daqiqali hujjatli film Xitoy va O‘zbekistonda xitoy, o‘zbek, rus va ingliz tillarida namoyish etilishi kutilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net