XALQARO MATBUOT BIRINCHI XALQARO ZIYORAT TURIZMI FORUMI HAQIDA

20.02.2019 15:08

Joriy yilning 21-23 fevral kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumini dunyo ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Jumladan, O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ulug‘bek Maqsudov “Al Hayat” gazetasi muxbiri Abdu al-Maxdiga bergan intervyusida forumining asosiy maqsadlari to‘g‘risida gapirib berdi.

Xususan, intervyuda ta’kidlanishicha, mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir “O‘zbekiston turizm salohiyati bilan jahonni tanishtirish, ziyorat turizm yo‘nalishdagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, “Halol” jahon standartlarini joriy qilish kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi”.

 Forumda mahalliy va xorijiy olimlar, din peshvolari, turizm sohasi mutaxassislari, yetakchi xorijiy turistik kompaniyalar, jumladan Saudiya Arabistoni vakillarining ishtiroki kutilmoqda. Tadbir davomida xorijiy ekspertlar ishtirokida uch yalpi seminar tashkil qilinadi va islom madaniyati va sivilizatsiyasi rivojlanishida o‘zbek madaniy va tarixiy merosi, tegishli markazlarning o‘rni haqida muhokama va muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

 Ta’kidlash joizki, turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida O‘zbekiston o‘tgan yilga nisbatan turistlar oqimini 91,6% oshirishga erishdi. Jumladan, elektron vizaning joriy qilinishi, bir qator xorijiy davlatlarga soddalashtirilgan tartibda viza rasmiylashtirish va ba’zi mamlakatlar bilan vizasiz tartibni amalga oshirilishi, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning O‘zbekiston hududiga vizasiz kira olishi kabi islohotlar turizm salohiyatini oshirishda asosiy omillar bo‘lib xizmat qildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net