TURKIYA O`ZBEKISTONGA TURISTLAR YUBORISH BOYICHA BIRINCHI O`RINDA

17.07.2019 11:32

ANQARA, 17 Iyul. (“Dunyo” AA). O`zbekiston va Turkiya xalqlari ko‘p asrlik tarixi, qadriyatlari va urf-odatlari bilan bir-biriga chambarchas bog‘langan. O‘tgan yil mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar yangi strategik bosqichga ko‘tarildi. Oliy darajadagi o‘zaro sa’y-harakatlar samarasida xalqlarimiz o‘rtasidagi bordi-keldi yanada faollashdi. O‘zaro ishonch asosidagi davlatlararo munosabatlar bugungi kunda izchil mustahkamlanib bormoqda.

 O‘zbekiston va Turkiya hamkorligi ikki tomon uchun ham manfaatli. Mamlakatimiz bozori, tobora erkinlashayotgan iqtisodiyoti, qulay investitsiyaviy muhiti turkiylik tadbirkorlarda katta qiziqish uyg’otmoqda. Ushbu mamlakatning rivojlangan sanoati, transport kommunikatsiyalari, dengiz yo‘llari, qishloq xo‘jaligi va turizm salohiyati O‘zbekistonga foyda keltiradi.

 Joriy yil 22-23 iyul kunlari Anqara shahrida O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyasining beshinchi yig'ilishi bo`lib o`tishi kutilmoqda. Mazkur tadbirda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilindai. Ushbu tadbir dasturida turizm sohasidagi hamkorlikka ham alohida e`tibor qaratish rejalashtirilgan.

- Darhaqiqat, o’zaro hamkorlikda turizm sohasi muhim o’rin tutadi, - deydi Turkiyaning Konya sahridagi Saljuqiylar universitetining turizm fakulteti dekani professor Nejmi Uyanik “Dunyo” axborot agentligi vakili bilan suhbatda. - O‘zbekiston ham, Turkiya ham turizm sohasida ulkan imkoniyatlarga ega. Bu salohiyatdan to‘la foydalanish, sayyohlar almashinuvini oshirish ulkan iqtisodiy samara beradi. Yana bir muhim yo‘nalish – O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha ham amaliy hamkorlik boshlab yuborilgan.

Shunisi e`tiborga molikki, O`zbekistonga turistlar yuborish boyicha Turkiya “uzoq xorij” o`lkalari ichida birinchi o`rinda kelmoqda. 2017 yil ushbu davlatdan mamlakatimizga kelgan turistlar soni 18 ming atrofida bo`lgan bo`lsa, 2018 yil bu ko`rsatkich deyarli to`rt barobarga o`sib, 78 ming kishini tashkil qildi. Joriy 2019 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko`ra, Turkiyadan yurtimizga kelgan turistlar soni qariyb 29 ming kishini tashkil etdi.

 Nejmi Uyanikning ta`kidlashicha, turizm sohasidagi hamkorlikni jadallashtirishda milliy aviakompaniyalarimiz o‘rtasidagi sheriklik muhim o‘rin tutadi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” va “Turk havo yo‘llari” milliy aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan “Toshkent – Istanbul” hamda “Samarqand – Istanbul” yo‘nalishlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarda samolyotlar doim to`la. Bu yo`nalishlar hozirda yetarli bo`lmay qoldi. Hozirgi vaqtda aviaqatnovlarni kengaytirish maqsadida yangi reja va qo‘shma loyihalar ishlab chiqilmoqda.

 Mamlakatimizda turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi dasturlar doirasida turk investitsiyasi ishtirokida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ham jadal rivojlanmoqda. Yaqinda Jizzax viloyati hokimligida Turkiya Respublikasining “Idealist” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “Idealist” kompaniyasi vakillari tomonidan Zomin tumani Suffa maskaniga moʻljallangan taklif loyihalarining taqdimoti oʻtkazildi. Mazkur turistik loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi taklifiga koʻra tayyorlangan boʻlib, uni amalga oshirish muddati 20 yilga moʻljallangan. Bundan tashqari, Turkiya kompaniyasi bilan Urganch shahridagi Shovot kanali atrofiga obyektlarni joylashtirish, Namangan viloyatining Nanay qishlogʻi va Surxondaryo viloyatining Zovboshi qishlogʻi loyihalari ham amalga oshiriladi.

 “O`zbekistonni dunyoda asosan “Buyuk ipak yo`li”ning chorrahasi sifatida turistlarni jalb qiluvchi o`lka, deb bilishadi. Ammo Turkiyada mamlakatning bu norasmiy brendiga yana bir qirra qo`shilgan – turklar O`zbekistonni “Ota yurt” sifatida ham ziyorat qiladi. Ziyorat turizmida yana bir muhim jihat - bu e`tiqodimizdagi o`xshashlikdir. Bu ham O`zbekiston uchun nisbatan yangi bo`lgan ziyorat turizmini rivojlanishida muhim omildir”, deb hisoblaydi N.Uyanik.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net