TURKIYA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI O?ZBEKISTONNING SAYYOHLIK JOZIBADORLIGI OSHIB BORAYOTGANINI TA'KIDLAMOQDA

16.01.2020 09:45

ANKARA, 16 yanvar. /“Dunyo” AA/. Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonning chet ellik sayyohlar uchun jozibadorlik darajasi jadal o‘sib borayotganini ta'kidlashmoqda. Xususan, Anadolu yangiliklar agentligi mamlakatimizning xorijiy turistlarni jalb qilish ko‘rsatkichlari tobora ortib borayotgani haqida maqola chop etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

Materialda qayd etilishicha, 2019 yil O‘zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni 26,2 foizga o‘sib, 6,7 million kishiga yetgan. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Akilovning so‘zlariga tayangan holda, mamlakatimizga kelgan turistlar bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari yetakchi o‘rinda ekanini ta'kidlagan. Keyingi o‘rinni MDH mamlakatlari vakillari egallagan.  

Nashrda qayd etilishicha, Turkiya O‘zbekistonga sayyohlar jo‘natish bo‘yicha uzoq xorij mamlakatlari orasida Xitoy, Janubiy Koreya va Hindistonni ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egallab turibdi.  

O‘tgan yili O‘zbekistonga Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Rossiya va Afg‘onistondan eng ko‘p sayyoh kelgan.

Anadolu yangiliklar agentligining ushbu maqolasi Turkiyaning boshqa yetakchi media tuzilmalari tomonidan ham chop etilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net