TURKIYA MASJIDLARIDA O?ZBEKISTONGA ZIYORAT SAYOHATI BO?YICHA YO?L KO?RSATKICHLARI

05.07.2018 09:48

Mamlakatimizning Anqaradagi elchixonasi tomonidan ziyorat turizmga alohida urg‘u bergan holda Samarqand, Buxoro, Xivaning diqqatga sazovor joylarini hikoya qiluvchi rang-barang suratlardan iborat bukletlar tayyorlandi.

Muntazam o‘tkazib borilayotgan ijtimoiy, siyosiy va madaniy tadbirlar chog‘ida ushbu ma’lumotlarga talab katta ekani quvonarli holdir.

Turkiya Prezidenti huzuridagi Din ishlari bo‘yicha boshqarma bilan kelishilgan holda mazkur bukletlar “ziyorat turizm” dasturi doirasida O‘zbekistonga kelishni rejalashtirganlar uchun mamlakatdagi masjidlarga, xususan, juma namozi vaqtida yo‘l ko‘rsatkichi sifatida ommaga tarqatildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net